Fuqarolarga saylov taklifnomalari tarqatilishi boshlandi

© IA "Jaxon"2016 yilgi saylovlarga taklifnoma
2016 yilgi saylovlarga taklifnoma - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu yilgi Saylov taklifnomalari avvalgi yillarda chiqarilgan taklifnomalardan tubdan farq qiladi

TOShKENT, 16 noya — Sputnik. 2016 yil 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida qatnashish uchun fuqarolarga saylov taklifnomasi tarqatilmoqda, deb xabar tarqatmoqda O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali.

Militsiya avtomobili - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston IIV saylov arafasida xavfsizlik choralarini kuchaytirmoqda
"O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining adolat tamoyili asosida o‘tkazilishi uchun barcha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Uning asosiy ishtirokchilari – mamlakatimiz fuqarolari, saylovchilardir. Ularning saylovdagi ishtiroki taqdim etiladigan taklifnomaga ham bog‘liq. Taklifnoma O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2016-yil 28-oktabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga doir taklifnomaning namunasi va uning tasnifini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq chop etildi", – deb ta’kidlagan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi kotibi Suyarjon Qurbonqulov.

Xabarda ta’kidlanishicha, 2016-yilgi saylovga taklifnoma avvalgi yillarda chiqarilgan taklifnomalardan tubdan farq qiladi. Unda har bir saylovchining shaxsan ovoz berishiga oid qonun normasidan ko‘chirma keltirilgan, qolaversa, siyosiy partiyalardan ko‘rsatilgan nomzodlarga oid ma’lumotlar ham ilk bor saylov taklifnomasidan o‘rin olgan.

Saylov taklifnomasining aniq tasnifiga to‘xtaladigan bo‘lsak, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga taklifnoma A5 formatidagi qog‘ozga oldi va orqa tarafiga rangli bo‘yoqlar bilan chop etish orqali nashr etilgan.

Qog‘ozning old tarafi pastki qismida havorang naqshli fonning markazida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining timsoli (emblemasi), uning tagida katta bosma harflar bilan "SAYLOVGA TAKLIFNOMA" so‘zlari bitilgan. Undan ikki pog‘ona pastda saylov bo‘lib o‘tadigan yil, kun va oy sanasi yozma ravishda hamda uning pastida katta bosma harflar bilan "O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SAYLOVI KUNI" degan so‘zlar yozilgan.

O‘zbekistondagi prezident saylovlariga bag‘ishlangan brifing, Rossiyadagi O‘zbekiston elchixonasi - Sputnik O‘zbekiston
Xorijiy davlatlarda Prezident saylovini o‘tkazuvchi saylov uchastkalari ro‘yxati
Qog‘ozning orqa tarafi naqshinkor hoshiyalarga bo‘lingan. Naqshinkor hoshiyalarning to‘rtta burchagida to‘rtta uchburchak shaklida milliy naqsh namunasi aks ettirilgan va ular ikki qator chiziqlar bilar o‘zaro birlashtirilgan.
Yuqori naqshinkor hoshiyaning ichki qismida "Uchastka saylov komissiyasi Sizni 2016-yil 4-dekabr kuni o‘z konstitutsiyaviy huquqingizdan foydalanishga – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etishga taklif qiladi" matni to‘q havorang rangda bitilgan.

"O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 31-moddasiga muvofiq, har bir saylovchi shaxsan ovoz beradi, boshqa kishilar uchun ovoz berishga yo‘l qo‘yilmaydi” so‘zlari yozilgan.

Pastki naqshinkor hoshiyalarning ichki qismida imzo varaqasini Markaziy saylov komissiyasiga topshirish navbatiga qarab, tartib bilan partiyaning nomi va uning timsoli hamda partiya tomonidan ko‘rsatilgan Prezidentlikka nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi joylashtirilgan.

Bu galgi saylov taklifnomasini olgan har bir yurtdoshimiz istiqlolgacha bo‘lgan davrda ko‘pincha bunday taklifnomalar juda oddiy, ko‘rimsiz qog‘ozda chiqarilganini eslashi aniq. Uyda nechta odam istiqomat qilishi, kimlar ovoz berishi mumkinligi e’tiborga ham olinmay, darvozadan bir changal "nomsiz taklifnoma" tashlab ketilardi. Oila boshlig‘i ularni va pasportlarni olib, uydagi hamma uchun ovoz berib kelardi. Hozir avval saylov uchastkasi xodimi har bir xonadonda bo‘lib, unda nechta odam istiqomat qilishi, kimlar ovoz berish huquqiga ega ekanligi e’tiborga olingan holda ro‘yxat shakllantirilgan. Shu asosda har bir taklifnomaga saylovchining ismi familiyasi yozilgan. Uni saylovchilar ro‘yxati varaqasiga har bir saylovchining shaxsan o‘zi imzo qo‘ygach taqdim etilmoqda.

2016 yil 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida mamlakatimizning 21,4 milliondan ziyod fuqarosi ishtirok etadi. Shu kunlarda ularga saylov taklifnomasi tarqatilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0