O‘zbekistonda pensionerlar metroda bepul yurishlari mumkin bo‘ladi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston hukumati 2017-yildan boshlab pensionerlarga metropolitenda bepul yurish imtiyozini berish masalasini ko‘rib chiqmoqda

TOShKENT, 30 noya — Sputnik. O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev Toshkent shahridagi saylovchilar bilan uchrashuvi chog‘ida rahbariyat poytaxt transport tizimini takomillashtirish bo‘yicha ulkan chora-tadbirlar majmuasini amalga oshirishni rejalashtirganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Uzbekistan Today.

MSKning ishga tushirilishi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda Moskvadagi kabi halqa yo‘li paydo bo‘ladi

Xususan, pensionerlarga kunduzgi vaqt – soat 10:00dan 16:00ga qadar metroda bepul yurish imtiyozi berilishi mumkin.

Mamlakat bosh vaziri 2020-yil oxiriga qadar sakkizta yangi metro stansiyasi qurilishini bildirdi. Bundan tashqari, poytaxtda yangi transport turi harakati yo‘lga qo‘yiladi. Toshkent halqa yo‘li bo‘ylab elektropoyezd qatnay boshlaydi.

Yangiliklar lentasi
0