Toshkentda Moskvadagi kabi halqa yo‘li paydo bo‘ladi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishMSKning ishga tushirilishi
MSKning ishga tushirilishi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu yo‘lda zamonaviy konditsioner tizimi bilan jihozlangan maxsus va qulay elektropoyezdlar harakatlanadi

TOShKENT, 28 noya — Sputnik. Toshkentda 2030-yilga qadar Moskvada yaqinda ishga tushirilgan halqa yo‘li kabi maxsus elektropoyezdlar qatnaydigan temir yo‘lini qurib bitkazish rejalashtirilmoqda, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Mazkur halqa yo‘li Toshkentni butun aylana bo‘ylab qamrab oladi, uning taxminiy uzunligi, mutaxassislarning baholashlaricha, 66 kilometrdan oshadi. Bu yo‘lda zamonaviy konditsioner tizimi bilan jihozlangan maxsus va qulay elektropoyezdlar harakatlanadi. Hozirda mazkur keng miqyosdagi loyihani amalga oshirishning loyihalash bosqichi boshlangan.

Metro poyezdi - Sputnik O‘zbekiston
Sergelida yer usti metrosi qurilishi boshlandi

"Yo‘lning asosiy qismi Toshkent halqa yo‘li bo‘ylab o‘tadi. Bu yo‘lovchilarning shaharning bir tumanidan ikkinchi tumaniga borish yo‘lini ancha qisqartiradi. Bugungi kunda poytaxtning yirik bozorlari, masalan "Bek Baraka", "O‘rikzor" bozorlari shahar chetida joylashgan va aholi bozorga borish uchun shaharning markaziy qismidan o‘tishiga to‘g‘ri keladi va bu qo‘shimcha jamoat transporti, tirbandliklarning yuzaga kelishi degani. Yangi yo‘l boshqa jamoat transportlariga bo‘lgan yuklamani sezilarli ravishda kamaytiradi", — dedi hukumatdagi manba.

Loyihani moliyalashtirish davlat budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi, shuningdek, O‘zbekiston rekonstruksiya va taraqqiyot fondi krediti, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJning mablag‘larini jalb etish rejalashtirilgan. Qurilishning umumiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 190 million dollarga yaqin mablag‘ni tashkil etadi.

Yangiliklar lentasi
0