Tojikiston va O‘zbekiston aviaparvozlarni tiklash arafasida

© Gennady Misko"O‘zbekiston havo yo‘llari" aviakompaniyasi samolyoti
O‘zbekiston havo yo‘llari aviakompaniyasi samolyoti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
1992 yil, ya’ni Tojikistonda fuqarolar urushi boshlanishi davrida Markaziy Osiyoning ikki respublikasi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviatashuvlar to‘xtatilgan edi

TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi hukumatlararo kelishuv loyihasi tayyor va hozirda tasdiqlanish arafasida, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston.

Bu haqda Tojikiston Trasport vaziri Sherali Ganjalzoda o‘zining respublika parlamenti quyi palatasi oldida chiqishi vaqtida bayonot qilgan.

Eslatib o‘tamiz, ikki mamlakat o‘rtasidagi aviatashuvlar 1992-yilda, Tojikistonda fuqarolar urushi boshlangan davrda to‘xtatilgan edi. Tomonlar parvozlarni qayta yo‘lga qo‘yish masalasini bir necha bor ko‘targan bo‘lsalarda, ammo hozirga qadar bu ish muzokaralardan nariga o‘tmayotgan edi.

Sal oldin, Tojikiston va O‘zbekiston viza tartibini osonlashtirish borasida muzokara o‘tkazgani haqida xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0