Rog‘un GESi necha yilda qurib bitkazilishi ma’lum bo‘ldi

© president.tjRog‘un GESi qurilishi
Rog‘un GESi qurilishi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rog‘un GESi qurilishi reja bo‘yicha ketmoqda, deya bayonot qilishdi Tojikiston energetika sohasi mutaxassislari. "Gidroloyiha instituti" AJ Bosh rahbarining texnik siyosat masalalari bo‘yicha maslahatchisi Valentin Novojenin esa bu ish qancha muddatda amalga oshirilishini aytdi

TOShKENT, 29 noya — Sputnik. Dunyodagi noyob inshoot — Rog‘un GESini qurib bitkazish uchun 8-yil talab etiladi, deb ta’kidlamoqda Novojenin.

Emomali Rahmon GES qurilishida - Sputnik O‘zbekiston
Emomali Rahmon Rog‘un GESi qachon ish boshlashini aytdi
"Sobiq Ittifoq davrida Rog‘un GESi qurilishi nima sababdan oxiriga yetkazilmagan edi?", degan savolga eskpert quyidagicha javob qaytardi: "Rog‘un GESi yirik gidrotexnik inshoot bo‘lib, uning qurilishi ancha vaqtni talab etadi. Uzilishlarsiz moliyalashtirish orqali bu qurilishni 5-8 yilda oxiriga yetkazish mumkin.

1991 yilda qurilish nihoyasiga yetkazilmadi, 1992-yilda esa Tojikistonda bu kabi keng ko‘lamli loyihani yakuniga yetkazish imkonidan mahrum qilgan voqealar avj olgan edi".

Ekspert, shuningdek, Rog‘un GESi qurilishi atrof-muhitga zarar yetkazishi, O‘zbekistonda suv sathiga ta’sir ko‘rsatishi haqidagi gap-so‘zlar qanchalik haqiqatga yaqinligiga izoh berdi.

"Shuni chuqur anglab yetish lozimki, Tojikiston hukumati tashabbusi bilan Rog‘un GESi loyihasi va uning parametrlari Butunjahon Banki tomonidan amalga oshirilgan Xalqaro ekspertizalar davomida mutaxassislar tomonidan tahlil qilingan. Ekspertiza natijalariga ko‘ra, mustahkamlik jihatdan ham, Vaxsh va Amudaryo darolaridagi suv xo‘jaligi holatiga ta’siri jihatdan ham GES qurilishini amalga oshirsa bo‘ladi, degan xulosaga kelingan", — deb ta’kidladi Novojenin Sputnik Tojikiston nashriga.

Yangiliklar lentasi
0