TOShKENT, 29 noya — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish jarayonining borishi to‘g‘risida xolis kontentni shakllantirish, xalqaro kuzatuvchi va ekspertlarni, shuningdek media-hamjamiyati vakillarini respublikamiz erishgan yutuqlar bilan tanishtirish maqsadidda tashkil etilgan "PressClub: Elections.uz-2016" press-klubida qizg‘in tayyorgarlik ketapti, deb xabar qilmoqda Darakchi nashri.
Press-klub ishi doirasida taniqli xorijiy kuzatuvchilar va xalqaro tashkilotlar vakillari bilan intervyular tashkil etish ham rejalashtirilgan. Mazkur intervyular orqali yurtimizda bo‘lib o‘tadigan muhim siyosiy jarayonga taniqli xorijiy kuzatuvchilar va xalqaro tashkilotlar vakillari qanday baho berishini bilish imkoniyati tug‘iladi.