FJShMQMI so‘rovi: fuqarolarning 81,5%i kimga ovoz berishini biladi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishOvozlarni sanash
Ovozlarni sanash - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
FJShMQMI 1130 kishi orasida saylovlar haqida jamoatchilik fikrini baholash bo‘yicha so‘rov o‘tkazdi, so‘rovda ishtirok etganlarning 39%i 30 yoshgacha bo‘lganlardir

TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti tomonidan mamlakat aholisining bo‘lajak prezident saylovlari borasidagi jamoatchilik fikrini baholash monitoringi o‘tkazildi, deb xabar berdi FJShMQMI matbuot xizmati.

So‘rovda 1130 kishi ishtirok etdi. Ishtirokchilarning 39%ini 30 yoshgacha bo‘lganlar tashkil qildi.

Ovoz berish - Sputnik O‘zbekiston
Prezident saylovida 6 mingga yaqin saylovchi muddatidan oldin ovoz berdi

So‘rov natijalari qatnashchilarning 71%i saylov kampaniyasi borishini bevosita kuzatib borayotganligi va bo‘lajak saylovlar O‘zbekiston kelajagi uchun muhim ahamiyatga egaligiga ishonishlarini ko‘rsatdi.

So‘rovda ishtirok etganlarning 95%i 4-dekabr kuni saylovda albatta qatnashishini bildirdi.

So‘rov vaqtida ishtirokchilarning 81,5%i kimga ovoz berish borasida bir qarorga kelib bo‘lganligini aytdi. Saylovoldi targ‘ibot ishlari natijalariga ko‘ra, o‘z nomzodi g‘oyalarini targ‘ib qilish bo‘yicha ishlarni baholash reytingining eng yuqori o‘rnini O‘zLiDeP egalladi.

So‘ralganlarning 75%i Prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi dasturlari bir-birlarinikidan farq qiladi deb hisoblaydi.

Yangiliklar lentasi
0