MDH missiyasi saylovga tayyorgarlik haqida oraliq hisobotni e’lon qildi

© FlickrKuzatuvchilar saylov qutilarini tekshirmoqda
Kuzatuvchilar saylov qutilarini tekshirmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Missiyaning fikricha, saylov kampaniyasi osoyishta muhitda, oshkora raqobat ruhida va tashkiliy jihatdan yuqori darajada o‘tmoqda

TOShKENT, 29 noya — Sputnik. O‘zbekistonda Prezidentlik saylovi bo‘yicha saylov kampaniyasi uyushqoqlik bilan va oshkora raqobat ruhida o‘tmoqda. MDH kuzatuvchilar missiyasining saylovlarga tayyorgarlikni kuzatish davomida tayyorlangan oraliq hisobotida shunday deb ma’lum qilindi.

Hisobot missiya kuzatuvni boshlagan 17-noyabrdan 28-noyabrgacha bo‘lgan muddatni qamrab olgan.

"Missiyaning fikricha, saylov kampaniyasi osoyishta muhitda, oshkora raqobat ruhida va tashkiliy jihatdan yuqori darajada o‘tmoqda", — deyiladi hisobotda.

Missiya shuningdek, Prezidentlikka nomzodlarni ilgari surish va ro‘yxatdan o‘tkazish ham ochiq va oshkora, muqobillik tamoyillari asosida qonunga muvofiq bo‘lib o‘tganini e’tirof etdi.

Missiyaning ma’lum qilishicha, saylov tajribasida ilk marta O‘zbekiston rahbari sayloviga tayyorgarlik davomida MSK tomonidan tasdiqlangan saylovchilar huquqiy madaniyatini oshirish bo‘yicha tadbirlar dasturi qabul qilindi va amalga oshirilmoqda.

MDH kuzatuvchilar missiyasi - Sputnik O‘zbekiston
MDH missiyasi kuzatuvchilari o‘z faoliyatini boshladi

"Missiya o‘zining yakuniy xulosa va baholarini saylovlarni kuzatish yakunlanganidan so‘ng e’lon qiladi", — deyiladi hujjatda.

MDH kuzatuvchilar missiyasi 17-noyabr kuni O‘zbekiston yetakchisini saylash jarayonini monitoring qilishga kirishgandi. Missiya tarkibida kamida 70 nafar kuzatuvchi bo‘lishi kutilmoqda, missiyaga tashkilot ijroiya direktori Sergey Lebedev rahbarlik qilmoqda.

Prezidentlik saylovlari 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Mamlakatda rasman faoliyat ko‘rsatayotgan barcha to‘rt siyosiy partiya ko‘rsatgan nomzodlar ro‘yxatga olingan.

Ikkinchi sentabr kuni O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov 78 yoshida vafot etdi. Respublika Prezidenti vazifasini vaqtincha bajarish Bosh vazir Shavkat Mirziyoyevga topshirildi.

Yangiliklar lentasi
0