Microsoft - 40-yillik muhabbat va nafrat tarixi

© AFP / GABRIEL BOUYS Bill Geyts
Bill Geyts - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kichkina yumshoqlar - dasturchilar o‘zaro Microsoftni shunday deb atashadi, yaratgan dasturlar dastavval ko‘plab nuqsonlarga ega bo‘lgan bo‘lsada, komputerlarni hayotning barcha sohalariga kirib kelishida ularning o‘rni muhim bo‘ldi.

TOShKENT, 28 noya – Sputnik. Yaqinda Microsoft kompaniyasi 40 yoshga to‘ldi. AQShda ilk paydo bo‘lgan Microcomputer software iborasining ma’nosi kompyuterlar uchun dasturlar ma’nosini bildirar edi, RIA Novosti ma’lumotlariga asosan.

Kompyuterni ommaviylashtirgan IT mahsulotlar

1970 yillarda eng qo‘lay bo‘lgan BASIC dasturlash tili Microsoft kompaniyasi paydo bo‘lishidan bir necha yil oldin yaratishgan edi, lekin Bill Geyts va Pol Allen ushbu oddiy dasturlash tilidan qulay tartibda foydalanish uchun  1975 yilda birinsi shaxsiy kompyuter — Altair 8800 ni yaratishadi. Ushbu kompyuter juda arzon narxi tufayli AQShda keyin butun dunyoda o‘ta ommaviylashib ketdi.

© Flickr / Michael HicksKompyuter MITS Altair 8800
Kompyuter MITS Altair 8800 - Sputnik O‘zbekiston
Kompyuter MITS Altair 8800
O‘sha vaqtlarda kompyuterlar xotirasi juda kichik bo‘lib, uni kengaytirish mushkul va qimmat edi. Altair uchun maxsus yozilgan BASIC kompyuter xotrasida kam joy egallab, dasturchilarga o‘z dasturarini yaratish uchun katta imkoniyat yaratib berar edi. Aynan shu kompyuter va dastur uyg‘unligi Altair 8800 kompyuterlarining o‘ta ommaviylashtirib Microsoft kompaniyasi uchun dastlabki muvaffaqiyatni olib keldi.  

MS-DOS

1970 yillarda shaxsiy kompyuterlardan faqat dasturchilar yoki maxsus tayyorlov kursidan o‘tgan kishilar foydalanishi mumkin edi. Chunki buning uchun BASIC yoki boshqa dasturlash tilini bilish kerak bo‘lardi.

1981 yilda IBM kompaniyasi buyurtmasiga ko‘ra, Seattle Computer Products tomonidan yaratilgan DOS (Disk Operating System) operatsion tizimi yaratilgan. U juda oddiy bo‘lib, kompyuter ekranida paydo bo‘lgan ikki tablitsa yordamida fayllarni ko‘chirish, nusxa olish, biror dasturni tanlab uni ishga tushirish kabi kompyuterni dastur kommandalaridan oddiyroq usul bilan boshqarish imkonini berar edi.

Microsoft ushbu operatsion tizim huquqlarini Seattle Computer Products kompaniyasidan sotib olib, uni takomillashtirdi. O‘sha vaqtlar yetakchi kompaniya bo‘lgan IBM kompyuterlarida 1981-1991 yillar davomida MS-DOS kompyuterlarni boshqarishga mo‘ljallangan eng ommaviy tizim bo‘ldi.

Windows 3.1 operatsion tizimi

1992 yilda paydo bo‘lgan, oynalar (windows) tizimiga asoslangan  Windows 3.1 operatsion tizimi kompyuter dunyosida haqiqiy revolsiya edi. U kompyuyerdan grafik interfeys orqali foydalanish imkonini berar va foydalanuvchiga amalga oshirishi mumkin bo‘lgan cheksiz komandalarni bajarish uchun tugmani bosish yetarli edi.  Dasturlash tilini ham bilish talab qilinmasdi.  

Windows 3.1 operatsion tizimi birinchi 2 oy davomida 3 milliondan ko‘p nusxada sotildi. Bu o‘z vaqtining haqiqiy rekordi edi. Ko‘p oynali grafik operatsion tizim hammaga ma’qul kelgan edi.

© Flickr / Abel CheungOperatsionnaya sistema Windows 3.1 v okne virtualnoy mashini VMware
Operatsionnaya sistema Windows 3.1 v okne virtualnoy mashini VMware - Sputnik O‘zbekiston
Operatsionnaya sistema Windows 3.1 v okne virtualnoy mashini VMware
Operatsion tizimi tarkibiga kiritilgan "Saper" va "Soliter" kabi o‘yinlar, aslida Windows foydalanuvchilari operatsion tizim bilan bir vaqtda paydo bo‘lgan yangi boshqaruv asbobi – kompyuter sichqonidan foydalanishni o‘rgatish uchun yaratilgan edi.  

Windows XP

Birin ketin paydo bo‘lgan Windows 3.1, Windows 95, Windows NT operatsion tizimlari yil sayin yaxshilanib va takomillashib bordi, lekin baribir ushbu operatsion tizimlarni ishonchli deb bo‘lmasdi. Foydalanuvchilar tez-tez shikoyat qilib turishar edi. Masalan, 2000-yilda paydo bo‘lgan Windows ME (Millennium Edition) operatsion tizimiga "Mistake Edition" (Xato versiya) laqabi mustahkam o‘rnashib olgan edi.

© Flickr / Jonathan LinPasyans "Solitor"
Pasyans Solitor - Sputnik O‘zbekiston
Pasyans "Solitor"
Dastlab 2001-yilda paydo bo‘lgan Windows XP operatsion tizimi (OT) ko‘pchillik boshidan ma’qul keldi, chunki uning interfeysi juda chiroyli edi. Ikkinchidan yangi OT eski va yangi uskunalar va dasturlar birlan yaxshi muvofiqlashtirilgan edi. Uchinchisi va asosiysi ushbu OT oldingilariga qaraganda ishonchli ishlar edi.

Windows XP Mikrosoft kompaniyasi tarixida eng ommaviy OT bo‘ldi desak adashmaymiz. 2007-yilda yaratilgan Windows 7 va Windows 8  tizimlarini boshida hech kim sotib olmadi, chunki foydalanuvchilar Windows XP bilan ajrashishni istashmadi.

MS Office

Microsoft kompaniyasi tekst va tablitsalar bilan ishlash uchun kerak bo‘ladigan dasturlar majmuasini 1990-yildan yaratishni boshlagan. Eng ommaviy operatsion tizim yaratuvchisi bo‘lgan kompaniya uchun o‘zining ofislar dasturini unga qo‘shib sotish murakkab ish bo‘lmagan. Shu tariqa  MS Office dasturlar majmuasi foydalanuvchilar orasida soha standartiga aylandi.

Bugungi kunda "Mikrosoft Ofis" dasturlaridan millardlab kishilar foydalanishmoqda. Buni haqiqiy muvaffaqiyat desa bo‘ladi.

Mikrosoft aqlli sichqonchasi

Mikrosoft oynali OT yaratilganidan keyin Apple kompyuterlarida paydo bo‘lgan kompyuter sichqonchasiga KYE System o‘ylab topgan g‘ildirkni o‘rnatib uni yanada takomillashtirdi. Natijada juda qulay va boshqarish asbobi Microsoft Intellimouse,  ya’ni Mikrosoft aqlli sichqoni paydo bo‘ldi.

© Flickr / Jeff KramerMish Microsoft IntelliMouse
Mish Microsoft IntelliMouse - Sputnik O‘zbekiston
Mish Microsoft IntelliMouse
Ochko‘z monopoliyachi

Shu yerda maqtovlarni to‘xtatib, Microsoftning kamchilik va xatolariga ham bir nazar tashlaylik.

Monopoliya – bu yomon narsa. Monopolist kompaniyalar, yaxshi ishlamasdan katta foyda olishi mumkin. Bu borada sohada ekspertlari Microsoft kompaniyasi mahsulotlari ommaylashib ketishi siri umuman ularning eng sifatli mahsulot bo‘lgani uchun emas, balkim agressiv targ‘ibot va turli ayyorliklar tufayli bo‘lgan deb hisoblaydi.

Masalan Office dasturlarida ishlatilayotgan turli chiroyli shriftlar daslab Apple kompaniyasi mahsulotlarida paydo bo‘lgan edi. Microsoft bo‘lsa ulardan nusxa ko‘chirib olgan xolos. Bu haqida Stiv Jobs teleintervyulardan birida aytib o‘tgandi.  

Kompaniya, yangi paydo bo‘layotgan dastur va mahsulotlardan nusxa ko‘chirishga, arzon garovga sotib olib o‘zlashtirishdan hech qachon andisha qilmagan. Bu borada hatto Microsoft ustidan mualliflik huquqi va monopoliya qonunini buzishda ayblanib yuz martalab sudga berilgan.

IT bozorida ko‘plab operatsion tizimlar yoki dasturlar bepul tarqatilishi odatiy hol. Odatda dasturdar shaxsiy foydalanuvchilar uchun bepul bo‘lib, tijorat maqsadi yo‘lida foydalanilganda po‘l to‘lanadi. Microsoft bo‘lsa har bir mahsulot narxini 80-200 $ miqdorida belgilab, faqat pulga sotmoqda. Mahsulot tirajini hisobga olganda bu narxlar juda baland.

© Sputnik / Vladimir Vatkin / Mediabankka o‘tishB.Geyts vo vremya vizita v Moskvu
B.Geyts vo vremya vizita v Moskvu - Sputnik O‘zbekiston
B.Geyts vo vremya vizita v Moskvu
Microsoft operatsion tizimi va boshqa dasturlari foydalanuvchilarga o‘ziga ma’qul bo‘lgan dasturni foydalanuvchiga majburlashi aniqlangan holatdir. Eng yangi Windows 10 OT bu borada ayniqsa yaxshi tanilgan. Operatsion tizim yangilanib borgan sari, o‘zi istagan antivirus dasturi, internet brauzeri yoki boshqa dasturlarni ishlash ishlamasligini hal qiladi. Bu borada rossiyaning Laboratorii Kasperskogo antivirus ishlab chiqarish korxonasi Mikrosoft ustidan Monopoliyaga qarshi qo‘mitaga ham murojaat qilgan.

Maxsus xizmatlar xizmatida

Undan tashqari Microsoft o‘z foydalanuvchilar haqida batafsil ma’lumotlar to‘plab borishi va AQSh maxsus xizmatlari bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilishi – isbotlangan holat.

Kompyuterda ishlash - Sputnik O‘zbekiston
Davlat xizmatchilariga Google, Yahoo va WhatsApp dasturlaridan foydalanish ta’qiqlanadi

“Microsoft siz haqingizda, qurilmalaringiz, dasturlaringiz, tarmoqlar va siz ulardan qanday foydalanayotganingiz haqida ma’lumot to‘playdi. To‘plangan ma’lumotlar sizning ismi sharifingiz, elektron pochta adresingiz, sizning qiziqishlaringiz, internet brauzerda qidirgan ma’lumotlaringiz va fayllaringiz, amalga oshirgan qo‘ng‘iroqlaringiz, SMSlaringiz, dasturlar va ulardan qanday foydalanilgani haqida ma’lumotlardan iborat bo‘ladi”, — deyilgan kompaniya foydalanuvchi shartnomasida.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada davlat xizmatida ishlovchi xodimlarga Microsoftning ayrim dasturlaridan foydalanish qonun tomonidan ta’qiqlangan.

Nokiani yo‘q qilish

Uyali aloqalar sohasida o‘ta muvaffaqiyatli bo‘lgan fin kompaniyasi Nokia hammaning esida bo‘lsa kerak. Ko‘pchillik ularning mahsulotidan uzoq vaqt foydalangan bo‘lishi ham mumkin. Nokia o‘ziga  xos dizayn va xususiyatlarga ega bo‘lgan, sifatli aloqa vositalari ishlab chiqarar edi.

© Foto : Ofitsialniy sayt kompanii NokiaCmartfon Nokia N8
Cmartfon Nokia N8 - Sputnik O‘zbekiston
Cmartfon Nokia N8
2011 yilda Nokia brendi qiymati 25 mlrd $ ni tashkil qilar edi. Dunyoning eng qimmat brendlari orasida kompaniya 14 o‘rinda edi. Dunyoga yangi kirib kelayotgan smartfonlar yo‘nalishini rivojlantirish uchun Nokia “do‘stona kompaniya” deb atalmish Mikrosoft bilan hamkorlik shartnomasi imzolaydi va Nokia rahbari etib Mikrosoft xodimi Stiven Elop tayinlanadi.

Ikki yil o‘tib Nokia butkul inqirozga uchraydi va “do‘sti” Microsoft tomonidan uch baravar arzonga — 7,5 mlrd $ga sotib olinadi. Biznesda buni – avval bankrot qilib keyin yutib yuborish deyiladi. Ayrim ekspertlar fikriga ko‘ra, Nokia ega bo‘lgan patentlar qiymati ham ushbu narxdan qimmat bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0