Sergelida yer usti metrosi qurilishi boshlandi

Obuna bo‘lish
Sergeli mavzesiga yer osti metrosini qurish murakkab ish bo‘lgani sababli metro yer ostida emas, estakadalar orqali harakatlanadi

TOShKENT, 4 noya — Sputnik. Toshkent shahrining Sergeli mavzesigacha "Yengil metro" tizimini, ya’ni yerning ustidan estakadalar (ko‘priklar) orqali o‘tgan yangi metropoliten yo‘lini qurish ishlari boshlab yuborildi, deb xabar qilmoqda "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ matbuot xizmati.

Toshkent metrosining yangilangan poyezdi - Sputnik O‘zbekiston
Sergeli metrosining qurilishi joriy yildan boshlanadi
"Sergeli yo‘nalishi metroning "Olmazor" bekatidan ulanadi. Murakkab muhandislik loyihalari asosida bunyod etilayotgan inshoot shahrimizning "Choshtepa" mahallasi oralig‘idan o‘tadi. Yangi yo‘lning so‘nggi bekati Sputnik mavzesidagi Marg‘ib ko‘chasi bo‘ladi. Qurilish jarayonida uzunligi 26 metrni tashkil etuvchi ko‘plab balkalar o‘rnatiladi. Loyiha 4-yilga mo‘ljallangan. Bekatlarda eskalatorlar, kutish maydonchasi o‘rnatiladi, amaliyotga so‘nggi rusumdagi texnologiyalar joriy etiladi", — deydi loyiha bosh muhandisi Sunnat Jumaboyev.

Bugungi kunda shuningdek, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ tomonidan Yunusobod yo‘lining "Shahriston" va "Turkiston" bekatlarigacha bo‘lgan uzunligi 2,7 kilometrni tashkil etuvchi, loyiha doirasida bitkazilmay qolgan hududda ham ishlar boshlangan.

Hozirda mavjud 2 ta shaxta va tunnellarda ham modernizatsiya jarayoni amalga oshirilayapti. Ushbu yo‘nalishdagi bekatlar va yo‘llar zamon talablariga mos ravishda qurilyapti.

Loyiha doirasida Sergeli mavzesigacha "Yengil metro" tizimini, ya’ni yerning ustidan estakadalar (ko‘priklar) orqali o‘tgan yangi metropoliten yo‘lini qurish ishlari ham boshlab yuborildi.

Ma’lumki, muhandis-geologik omillarga ko‘ra, Sergeli mavzesiga yer osti metrosini qurish murakkab ish. Metropolitenning "Olmazor" bekatidan Sergeli mavzesigacha uzunligi 7,1 kilometrni tashkil etuvchi 6 ta bekat qurilishi rejalashtirilgan.

Unga ko‘ra, metro yer ostida emas, estakadalar orqali harakatlanadi.

Yangiliklar lentasi
0