Qashqadaryo-Toshkent yo‘nalishidagi taksilarda yo‘lkira 120 ming so‘mgacha ko‘tarildi

© SputnikQishki trassa
Qishki trassa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda ob-havoning keskin sovishi va qalin qor yog‘ishi avtotransport vositalarining harakatlanishini chekladi

TOShKENT, 28 noya – Sputnik. Toshkentdan Qashqadaryoga qatnaydigan yengil avtomobillarda yo‘l kira narxi 120 ming so‘mgacha ko‘tarilib ketdi, deb ma’lum qildi "Darakchi" gazetasi Facebookdagi “Voditeli Tashkenta” guruhida berilgan xabarga asoslanib. Bunga O‘zbekistonda ob-havoning keskin sovishi va qalin qor yog‘ishi oqibatida avtotransport vositalarining harakatlanishi cheklangani sabab bo‘ldi.

Qattiq sovuqdagi yo‘lovchilar - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentlik haydovchilardan yangilik: yo‘lovchilarni manzilga bepul eltib qo‘yish

Izohlarda internet foydalanuvchilari nafaqat viloyatlarga qatnaydigan taksilar, balki Toshkent shahri ichida harakatlanayotgan taksilar ham yo‘lkira haqini ko‘tarib yuborganini ma’lum qilgan. Kimdir bu holatni qoralasa, yana kimdir haydovchilarga yon bosmoqda.

"Taksi qimmat emish. Men ertalab shaxsiy ishim bilan chiqib keldim, 2-3 tezlikda yursa bo‘ladi faqat. Shunda qancha benzin sarf qilinadi, qani biladiganlar bo‘lsa aytsin. Bunaqa havoda 3 baravar qimmat bo‘lishi turgan gap", deya haydovchining yonini olgan internet foydalanuvchisining so‘zlaridan iqtibos keltiradi gazeta.

Yangiliklar lentasi
0