TOShKENT, 26 noya — Sputnik. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev 24-noyabr kuni Toshkent shahri saylovchilari bilan o‘tganzgan uchrashuvi chog‘ida o‘zbek san’atiga hissa qo‘shayotgan iste’dod soxiblarini sanab o‘tdi, deb xabar bergan Darakchi nashri.
"O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev o‘z saylovoldi dasturi yuzasidan ma’ruza qildi. O‘z nutqi davomida Shavkat Mirziyoyev Toshkent milliy madaniyat va san’atiga hissa qo‘shayotgan iste’dod soxiblarini sanab o‘tdi", — deyiladi xabarda.
"Buyuk san’atkorlar – Mulla To‘ychi Toshmuhamedov, Yunus Rajabiy, Mannon Uyg‘ur, Abror Hidoyatov, Shukur Burhonov, Karim Zokirov, Qudrat Xo‘jayev, G‘ani A’zamov, Zikir Muhammadjonov, Botir Zokirov, Ergash Karimov kabi o‘nlab, yuzlab iste’dod sohiblari madaniyatimiz tarixida yorqin iz qoldirganini barchamiz yaxshi bilamiz.
O‘zbek zamonaviy tasviriy san’ati rivojiga O‘zbekiston xalq rassomlari Chingiz Ahmarov, Malik Nabiyev, O‘rol Tansiqboyev, Rahim Ahmedov, Jaloliddin Mirtojiyev kabi marhum san’at ustalari buyuk hissa qo‘shdilar. Atoqli rassom va haykaltaroshlarimiz Javlon Umarbekov, Bahodir Jalolov, Vladimir Burmakin, Ilhom Jabborov, Akmal Ikromjonov, mashhur xalq ustasi Ortiq Fayzullayevlarning ijodi haqida har qancha faxrlanib gapirsak, arziydi", — deb ta’kidlagan Shavkat Mirziyoyev o‘z ma’ruzasida.