TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Tojikiston Ichki ishlar vazirligi "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi bilan hamkorlikda gumon qilinayotgan 30ga yaqin fuqaro ustidan qidiruv e’lon qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston nashri.
Qidiruvdagi shaxslarning ro‘yxati ularning rasmlari bilan Tojikiston TIV rasmiy saytida e’lon qilingan. Qidiruvga berilgan shaxslarning yoshi 24 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lib, 29 kishidan 5 nafari ayollardir.
Ilgariroq, Turkiya hukumati maxsus operatsiya davomida shohid-terrorchi sifatida gumonlanayotgan ikki shaxsni qo‘lga olgani, ular Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari bo‘lib chiqqani haqida xabar berilgan edi. Ikki jinoyatchi Turkiya orqali Suriyaga kirib borishni rejalashtirgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi yillar mobaynida Tojikistonning 1,4 ming nafardan ziyod fuqarosi "ID" terrorchilik uyushmasi safiga qo‘shilib ketgan.