ID jangarilari uchun “kelin” qidiradigan sayt yopildi

Obuna bo‘lish
Rossiya Bosh prokuraturasi talabiga binoan Rossiya hududida faoliyat yuritgan Rossiyada ID jangarilariga “kelin” qidirishga mutaxassislashgan internet sayt yopildi.

TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Rossiya Bosh prokuraturasi talabiga binoan, mamlakat hududida faoliyat yuritgan, ID jangarilariga “kelin” qidirishga mutaxassislashgan internet sayt yopildi, muassasa xabariga asosan.

“Bosh prokuratura talabiga binoan, IShID jangarilari uchun “kelin” qidirishga ixtisoslashgan internet manbaa faoliyati to‘xtatildi. Xususan, ushbu saytda  “kofirlarga qarshi kurashayotgan” “Islomiy davlat” “mujohidlariga” turmushga chiqish haqida e’lonlar joylashtirilgan edi”, — deyilgan prokuratura xabarida.

Bosh prokuratura aytishiga ko‘ra, e’lonlarda bo‘lajak “kuyovlar”ning "kelin"larga bo‘lgan talablari bilan ham tanishib chiqish mumkin. Masalan yoshi, sodiqligi va itoatkorligi haqida. Ba’zi hollarda jangarilarga ikkinchi xotinlar kerakligi haqida ham e’lonlar joylashtirilgan edi. Tanlangan ayollarga Suriya hududiga borishga yordam ham taklif qilingan edi.

Muassasa ushbu “nikoh e’lonlarda” ommaviy  terrorchilikka chorlovchi chaqiriqlarni aniqladi. Bu jinoyat Rossiya JK bo‘yicha 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Barcha materiallar Rossiya Tergov Qo‘mitasining Tatariston Respublikasi bo‘limi manzilga yuborilgan.  

 

Yangiliklar lentasi
0