TOShKENT, 25 noya — Sputnik. O‘zbekiston-Qozog‘iston Qo‘shma demarkatsiya komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.
"2016-yilning 21-25-oktabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston-Qozog‘iston Qo‘shma demarkatsiya komissiyasining navbatdagi 54-majlisi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur malisda ikki mamlakat Hukumat delegatsiyalari O‘zbekiston-Qozog‘iston Davlat chegaralari demarkatsiyasiga oid hujjatlarni tayyorlash va kelishishni davom ettirdilar.
Muzokaralar davomida 2016-yilda bajarilgan demarkatsiya ishlarining yakunlari sarhisob qilindi hamda 2017-yilda bo‘lajak ishlar ko‘lami kelishildi.
Uchrashuv do‘stlik va hamjihatlik ruhida bo‘lib o‘tdi", — deyilgan xabar matnida.