"Odnoklassniki" UZCARD to‘lov tizimi bilan hamkorlik qilmoqda

© Novosti Uzbekistana"Odnoklassniki" tarmog‘i
Odnoklassniki tarmog‘i - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistondagi "Odnoklassniki" ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilari endi tarmoq taklif etadigan xizmatlarni sotib olish uchun o‘zlarining virtual hisoblarini to‘ldirishlari mumkin.

TOShKENT, 9 sen — Sputnik. O‘zbekistonda ommabopligi jihatidan birinchi o‘rinda turuvchi “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘i UzCard milliy to‘lov tizimi bilan hamkorlik qila boshladi. Endi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari my.uzcard.uz va woy-wo.uz portallari yoki UZCARD mobil ilovasi orqali to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin. Ilgarilari OK hisobini faqat mahalliy operatorlar orqali SMS yordamida to‘ldirish mumkin edi, deb xabar beradi "Novosti Uzbekistana".

"Odnoklassniki" ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilari tarmoq taklif etadigan xizmatlarni sotib olish uchun o‘zlarining virtual hisoblarini PAYME mobil ilovasi yoki paycom.uz portali orqali to‘ldirishlari mumkin. Shuningdek CLICK mobil banking tizimi orqali ham to‘lovni amalga oshirish mumkin. Bundan tashqari, OK virtual hisobini MBank mobil banking tizimi orqali ham to‘ldirsa bo‘ladi. 

"O‘zbekiston “Odnoklassniki” uchun muhim mamlakatlardan biri. Biz foydalanuvchilarning vaqt va mablag‘iini tejash imkonini beradigan UzCard va boshqa to‘lov tizimlari bilan hamkorlik qilishdan xursandmiz. Ta’kidlash kerakki, to‘lov tizimlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilishi natijasida OK virtual hisobini to‘ldirish qiymati arzonlashdi. Yaqin kelajakda o‘zbekistonlik foydalanuvchilar uchun imkoniyatlarni yanada kengaytirish va turli aksiyalarni o‘tkazishni rejalashtirganmiz", — deydi “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘i matbuot xizmati rahbari Anastasiya Jbanova.

Yangiliklar lentasi
0