TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Vladimir Jirinovskiy va Toyib Erdo‘g‘on ikki davlatning istiqboldagi hamkorligi borasida eng dolzarb masalalarni muhokama qilish bilan birga, iqtisodiyot, turizm va Anqara va Moskva munosabatlariga alohida e’tibor qaratdilar, deb xabar qilingan LDPR rasmiy saytida.
Xabarda ta’kidlanishicha, Erdo‘g‘on Yevropa Parlamentining Yevropa Ittifoqiga Turkiyani qo‘shishni muzlatib qo‘yish haqidagi taklifini katta fojia deb bilmaydi va bu haqda u baralla aytdi ham.
Turkiya hukumatining mamlakatda ro‘y bergan harbiy isondan so‘ng o‘lim jazosini tiklash haqidagi qarori Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlani shunday keskin chora ko‘rishga undagan.
"Turkiya rahbari mamlakat televideniyasining barcha kanallari orqali chiqish qildi va bugungi ovoz berish jarayoni (Yevroparlament qarori demoqchi, tahr.) Turkiya uchun hech qanday ahamiyat kasb etmasligini aytdi. YeI Turkiyani a’zolikka qo‘shish masalasini ko‘rib chiqishni vaqtincha to‘xtatgani Turkiya prezidentining fikri bilan mos tushdi.
Men aminmanki, Turkiya ShHTga a’zo bo‘lish masalasini ko‘rib chiqishga tayyor va kerak bo‘lsa, barcha zarur choralarni ko‘radi ham. Turkiya — Shanhay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo bo‘lish istagida. Biz ham Turkiya kelgusi yilda ShHTning to‘laqonli a’zosiga aylanishi uchun o‘zimiz tomondan zarur bo‘lgan choralarni ko‘rib, mamlakat rahbariga ushbu masalani tezlashtirishda ko‘mak berishini so‘raymiz. Va kelgusida ikkiyoqlama munosabatlarni yanada mustahkamlaymiz. O‘shanda Turkiya islom dunyosida ma’lum obro‘ orttiradi, biz esa Turkiya orqali o‘z mavqeyimizni yanada yuksaltiramiz", — deb izoh bergan Vladimir Jirinovskiy.