GM Uzbekistan bosh direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchining vakolati uzaytirildi

© Novosti UzbekistanaGM Uzbekistan binosi
GM Uzbekistan binosi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
GM Uzbekistan kompaniyasi xabariga ko‘ra, navbatdagi yillik umumiy yig‘ilish 2017-yilning iyun oyida o‘tkaziladi

TOShKENT, 25 noya — Sputnik. GM Uzbekistan AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari yig‘ilishida kompaniya Bosh direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi Rustam Rajabovning vakolatlari 2017-yilning iyun oyiga qadar uzaytirildi, deyiladi kompaniya xabarida.

"GM Uzbekistan kksiyadorlari Rustam Rajabovning Bosh direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimidagi vakolatlarini 2016-yil yakunlari bo‘yicha aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkazilgunga qadar cho‘zishdi", — deyiladi xabar matnida.

Kompaniya xabariga ko‘ra, navbatdagi yillik umumiy yig‘ilish 2017-yilning iyun oyida o‘tkaziladi.

RAVON avtomobillari - Sputnik O‘zbekiston
GM Uzbekistan Ravon R2 avtomobillarini Qozog‘istonda sotadi
Eslatib o‘tamiz, Rustam Rajabov 2016-yilning 20-iyulida ushbu lavozimga tayinlangan, u bilan bir vaqtda kompaniya kuzatuv kengashiga besh kishi tayinlangan edi.

Rajabovga qadar korxona rahbari lavozimida Tohirjon Jalilov ishlab kelgan.

Oxirgi vaqtlarda OAVlarda O‘zbekistonning yetakchi korxonalaridan biri bo‘lgan GM Uzbekistan bir necha bor mojarolar qatnashchisi bo‘lgani va huquqni saqlash muassasalari tomonidan tekshiruvlar o‘tkazilayotgani haqidagi xabarlar tarqalib ketgan edi. Ammo kompaniya matbuot-xizmati feysbuk ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida joylashtirgan bayonotida "noto‘g‘ri va mutlaqo yolg‘on ma’lumotlar" rad etilgani va "yirik sanoat korxonalaridan birini obro‘sizlantirishga qaratilgan harakatlar" to‘xtatilishiga umid qilinishi haqida ta’kidlagan.

Yangiliklar lentasi
0