GM Uzbekistan Ravon R2 avtomobillarini Qozog‘istonda sotadi

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Mediabankka o‘tishRAVON avtomobillari
RAVON avtomobillari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
GM Uzbekistan qo‘shma korxonasi Ravon R2 avtomobillarini Qozog‘istonda sotishni boshladi, ma’lumotlarga ko‘ra, 25-iyul kuni avtomobillarning bir qismi Olma-Ota shahriga yetkazilgan.

TOShKENT, 5 avg — Sputnik. GM Uzbekistan Ravon avtomobillari Qozog‘iston Respublikasida taqdim etilgani haqida xabar berdi. "25 iyul kuni Ravon R2 avtomobillarning bir qismi Qozog‘istonga yetkazildi", — deb xabar qilingan GM Uzbekistanning Facebookdagi sahifasida.

Kompaniya xabariga ko‘ra, General Motors avtomobillari ichida R3 "Era-Glonass" (avariyali vaziyatlarda favqulodda javob qaytarish tizimi) moduli sertifikatiga ega bo‘lgan birinchi model bo‘ldi.

Shu bilan bir qatorda xabarda, Rossiyaga may oyida avtomobillarni yetkazib berishdagi tajribalar hisobga olingan holda kompaniya logistika va yetkazib berishni takomillashtirish uchun bir qator choralar qo‘llaganligi haqida aytilgan.

GM Uzbekistan qo‘shma korxonasi yil davomida  MDHning boshqa yetakchi bozorlarida ham Ravon brendining dilerlik tarmoqlarini kengaytirish ishlarini davom ettirishni rejalashtirgan. Jumladan, brend avgustda Ukrainada taqdim etilishi haqida aytib o‘tgan.

Kompaniya bundan tashqari model qatorlarini yangilashda qator ishlarni amalga oshirayotganini ma’lum qilgan.

Yangiliklar lentasi
0