Prezident saylovida 6 mingga yaqin saylovchi muddatidan oldin ovoz berdi

© Foto : Saeimas Preses dienestsOvoz berish
Ovoz berish - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Muddatidan oldin ovoz berish saylov kuniga o‘n kun qolganida boshlanadi va saylov kunidan bir kun oldin nihoyasiga yetadi

TOShKENT, 25 noya — Sputnik. O‘zbekiston Prezidenti saylovida olti mingga yaqin saylovchi muddatidan oldin ovoz berdi, deb xabar berdi respublika MSK matbuot xizmati RIA Novostiga.

"Muddatidan oldin ovoz berishning birinchi kunida saylov uchastkalarida 5964 saylovchi ovoz berdi. Biz kishilar o‘z saylovchilik huquqini amalga oshirish uchun ongli ravishda tashrif buyurishayotganini ko‘rib turibmiz", — dedi MSK vakili.

Saylov qonunchiligiga ko‘ra saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega. Muddatidan oldin ovoz berish saylovga o‘n kun qolganida boshlanadi va saylovdan bir kun oldin nihoyasiga yetadi.

Ovoz berish - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 24-noyabrdan 2-dekabrga qadar muddatidan oldingi saylovlar o‘tkaziladi

Markaziy saylov komissiyasining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Prezidenti saylovlarini o‘tkazish uchun 9381ta saylov uchastkasi tuzildi, ulardan 44tasi xorijiy mamlakatlarda tashkil etilgan.

Mamlakatda rasman faoliyat ko‘rsatayotgan barcha to‘rt partiya tomonidan ilgari surilgan nomzodlar ro‘yxatga olingan. O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan Sarvar Otamuratov, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan Hatamjon Ketmonov, O‘zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan Narimon Umarov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar etib ro‘yxatga olindi.

Yangiliklar lentasi
0