TOShKENT, 24 noya — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yevroparlamentning Rossiya OAVlariga qarshi kurash to‘hrisidagi rezolyutsiyasiga izoh berar ekan, Sputnik va RT jurnalistlarini muvaffaqiyatli faoliyatlari bilan tabrikladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Eslatib o‘tamiz, chorshanba kuni Yevroparlament deputatlari Rossiya OAVlariga qarshi rezolyutsiyani qabul qilish uchun ovoz berishgan edi. Deputatlar Sputnik axborot agentligi va RT telekanalini Rossiya OAVlari orasida "eng xavfli" deb topishgan.
"Yevropaning basavlat organi vakillarini bu kabi qarorlarni qabul qilishga undagan matbuot vakillarimiz, jurnalistlarimizni tabriklamoqchiman. Bundan kelib chiqaptiki, sizlar o‘z ishingizga iste’dod ila yondashib, faol va samarali bajarmoqdasiz", — deb aytgan Putin.
Ta’kidlab o‘tamiz, Moskva rasmiylari Yevroparlament qaroriga "jurnalistlar haq-huquqlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri poymol qilish" deb izoh berib, u xalqaro normalarga zidligini qo‘shimcha qilishdi.