Putin: "Hamma eshitsin - rus armiyasi hech kimga tahdid qilmaydi!"

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishRF prezidenti V. Putin
RF prezidenti V. Putin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rus armiyasi hech kimga tahdid qilmaydi, lekin u jangovor tayyor holatdaligi, modernizatsiya qilingani va yuqori samara berayotgani rost, dedi Putin

TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Rossiya armiyasining harbiy mashg‘ulotlari nima sababdan G‘arbni tashvishga solmoqda, tushunmayman, deya yana bir bor o‘z hayratini yashirmadi Rossiya prezidenti Vladimir Putin. RIA Novosti xabari asosida.

Rossiya armiyasi hech kimga tahdid solmaydi, deb ta’kidladi u.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Putin G‘arb qo‘rqqani uchun uni yomon ko‘rinishini aytdi
"Bizning armiyamiz hech kimga tahdid solmaydi. Bu gapimni shu yerda o‘tirganlargina emas, barcha eshitishini xohlayman", — deb qayd etdi Putin Yaroslavldagi "Avtodizel" korxonasi ishchilari bilan o‘tkazgan uchrashuvi davomida.

"To‘g‘ri, armiyamiz jangovor tayyor holatda, u zamonaviylashdi, yuqori samaraga ega. O‘quv-mashg‘ulotlari, shu jumladan kutilmagan tekshiruvlar soni bir necha barobar ortdi, bu esa shartli ravishda bizning "hamkorlarimiz" deb atalguvchilarni tashvishga solmoqda. Qizig‘i, ular allaqanday mashg‘ulotlar o‘tkazishni boshlasa, biz tashvish chekmaymiz, bizga kelganda, darhol asabiylashishni boshlashadi, asabiy taranglar", — deb ta’kidladi Putin.

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishHarbiy mashg‘ulotlar
Ucheniya stran ODKB Rubej-2016 - Sputnik O‘zbekiston
Harbiy mashg‘ulotlar

"Takror aytaman, bu juda muhim, biz hech kimga tahdid qilmaymiz, hech kimga tahdid ham qilmoqchi emasmiz. Buning bizga nima keragi bor? Dunyo bo‘yicha eng katta maydonga egamiz, bu haqda hamma biladi, shu bois o‘z davlatimiz, o‘z xalqimiz xavfsizligini ta’minlashimiz darkor. Bizning armiyamiz buni amalga oshirish imkoniga ega, uni bundan buyog‘iga ham rivojlantiramiz", — deya ta’kidladi Putin.

Putinning so‘zlariga ko‘ra, bundan buyog‘iga qurolli kuchlarning: razvedka, axborot, aloqaning agentura va texnik tizimi, zamonaviy yuqori aniqlikka ega qurol-aslahalar singari tarkibiy qismlariga ko‘proq e’tibor beriladi.

Yangiliklar lentasi
0