Moskva sudi Gulchehra Boboqulovani jinoiy javobgarlikdan ozod qildi

© AFP / VASILY MAXIMOVGulchehra Boboqulova
Gulchehra Boboqulova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jinoiy ish doirasida keng qamrovli statsionar ruhiy-psixiatrik ekspertiza o‘tkazilgan bo‘lib, u 39 yoshli Boboqulova ruhiy xastalikdan aziyat chekishini isbotlab bergan edi

TOShKENT, 24 noya — Sputnik. Sud enaga Boboqulovani jinoiy javobgarlikdan ozod qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti axborot agentligi.

"Moskva shahri Xoroshevskiy sudi to‘rt yashar qizaloq qotilligida ayblangan o‘zbekistonlik enaga Gulchehra Boboqulovani jinoiy javobgarlikdan ozod qildi va uni majburiy psixiatrik davolanishga yubordi", — deb xabar qilgan sud zalidan agentlik muxbiri.

Ilgariroq, Xoroshevsk sudi go‘dak qotilligida ayblanayotgan Boboqulova dori qabul qilganidan so‘ng medikamentoz uyquda bo‘lganligi bois, sud majlisi qoldirilgani haqida xabar bergan edik.

Gulchexra Bobokulova - Sputnik O‘zbekiston
Qotil-enaga majburiy ruhiy davolashni O‘zbekistonda o‘tishni so‘radi
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, vahshiy qotillik Moskva shahrida fevral oyida ro‘y bergan. Boboqulova serebral falaj kasalligiga chalingan qizning enagasi bo‘lgan. Fevral tongida Moskvadagi Narodnoe opolchenie ko‘chasidagi xonadonda u qizni bo‘g‘ib o‘ldirgan.

So‘ngra u qizchaning boshini kesib o‘zi bilan olib chiqib ketgan. Xonadondan chiqib ketayotib uyga o‘t qo‘ygan. Ko‘chada u huquqni muhofaza qilish xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Guvohlarning aytishlaricha, u qo‘lga olinguniga qadar ko‘chada 20 daqiqacha qizning boshini ko‘tarib yurgancha o‘zi bilan o‘zi gaplashgan va atrofdagilarga po‘pisa qilgan. Jinoyat ishi doirasida o‘tkazilgan majmuaviy statsionar psixolog-psixiatrik ekspertizasida ma’lum bo‘lishicha, 39 yoshli Boboqulova surunkali ruhiy kasallikka chalingan.

Boboqulovaga "Voyaga yetmaganni o‘ldirish", "Birovning mulkini o‘t qo‘yish yo‘li bilan qasddan yo‘q qilish" va "Portlash haqida yolg‘on xabar berish" moddalari bo‘yicha ayblovlar qo‘yilgan. Boboqulovaning tarjimoni, "ayblanuvchi go‘dakni o‘ldirganini tan oldi", — deya xabar qilgan.

Yangiliklar lentasi
0