Qotil-enaga majburiy ruhiy davolashni O‘zbekistonda o‘tishni so‘radi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishGulchexra Bobokulova
Gulchexra Bobokulova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Boboqulovaning qonuniy vakili ushbu talab amalga oshishiga ishonmaydi.

TOShKENT, 28 okt — Sputnik. Gulchehra Boboqulovaning qonuniy vakili, yurist Aleksandra Goverdovskiyning  so‘zlariga qaraganda, sudlanuvchi o‘zini O‘zbekistonga majburiy davolashga yuborishni so‘ragan, Nuz.uz xabariga asosan.

«Lekin men buning amalga oshishiga ishonmayman. Qonunchilik amaliyotiga ko‘ra, Rossiyada jinoyat amalga oshirgan shaxslar shu yerda jazoni o‘taydi. Agar sud prokuratura talabiga rozi bo‘lsa, Boboqulovaga ma’lum muddatgan majburiy davolash belgilanandi. Biroz vaqtdan keyin esa huquqni saqlash organlari davolashni davom ettirish yoki uni to‘xtatish talabini qo‘yadi”, dedi Goverdovskiy.

Uning so‘zlariga qaraganda, sud materiallarida Boboqulovaning biror islom terrorchilik guruhi faoliyatida ishtirok etganligi haqida ma’lumot yo‘q.

24 oktabr kuni Moskva sudi, 4 yoshli bolani o‘ldirganlikda ayblanayotgan Gulchehra Boboqulovaning ishini ko‘rib chiqa boshladi. Sudlanuvchi o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘ldi va jinoyatni qanday amalga oshirganligini aytib berdi.

Yangiliklar lentasi
0