ShHT bosh kotibi: biz kengayishga shoshilmayapmiz

© Sputnik / Valeriy MelnikovRashid Alimov
Rashid Alimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
ShHT bosh kotibi Turkiya muloqot bo‘yicha sherik hisoblanishini bildirdi

TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkiloti zudlik bilan kengayishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ymagan, dedi tashkilot bosh kotibi Rashid Alimov Turkiyaning ShHTga qo‘shilish imkoniyatiga izoh berarkan. 

BMTda jurnalistlarning Turkiyaning ShHTga a’zo bo‘lishi istiqbollari haqidagi savollariga Alimov "Turkiya muloqot bo‘yicha sherik" hisoblanishini aytdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

"Biz kengayishga shoshilmayapmiz. Hozirda qadamba-qadam, majburiyatlar haqidagi memorandumga muvofiq Hindiston va Pokiston bilan ish olib bormoqdamiz. Ushbu jarayon yakunlangach, bu qanday ishlashini ko‘ramiz. Biz tashkilotni zudlik bilan kengaytirishni maqsad qilmaganmiz. Biz o‘z yo‘limizda, xotirjam bormoqdamiz. Bizning o‘z dasturimiz bor va uni amalga oshirmoqdamiz", — dedi Alimov.

Turkiya prezidenti Toyip Erdogan - Sputnik O‘zbekiston
Erdo‘g‘on: Turkiya ham ShHTga a’zo bo‘lishi mumkin

Ilgariroq Turkiya prezidenti Tayip Erdo‘g‘on YeIga kirish mamlakat uchun yagona yo‘l emasligini, Anqara Rossiya prezidenti Putin va Qozog‘iston prezidenti Nazarboyev bilan ShHTga kirish masalasini muhokama qilayotganini bildirgandi.

2001 yilda tashkil etilgan ShHTga Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston kiradi. 2015-yilda ShHTga Hindiston va Pokistonni qabul qilish jarayoni boshlandi. Armaniston, Ozarbayjon, Kamboja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka muloqot bo‘yicha sheriklar hisoblanadi.

Alimov "tashkilotga qiziqish kuchayib borayotganligini" bildirdi.

"Xohlovchilar ko‘p. Masalan, Isroil, Misr, Suriya, Ukraina, Maldiv va boshqalardan arizalar bor", — dedi u.

Alimov Nyu-Yorkda Qozog‘istonning doimiy vakilligi va ShHT kotibiyati tomonidan tashkillashtirilgan BMT va ShHTning tahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha uchrashuvida ishtirok etdi.

Yangiliklar lentasi
0