Erdo‘g‘on: Turkiya ham ShHTga a’zo bo‘lishi mumkin

© REUTERS / UMIT BEKTASTurkiya prezidenti Toyip Erdogan
Turkiya prezidenti Toyip Erdogan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya prezidentining fikriga ko‘ra, Turkiya uchun ShHTga a’zo bo‘lish YeIga a’zo bo‘lishdan ko‘ra kengroq imkoniyatlar yaratishi mumkin.

TOShKENT, 20 noya — Sputnik. Turkiya prezidenti Toyyip Rajab Erdo‘g‘on mamlakatning Shanxay hamkorligi tashkilotiga a’zo bo‘lishi ehtimoldan xoli emasligini aytdi, RIA Novosti Sabah nashriga asosan xabar qilmoqda.

"Brexit yanada tarqalishi mumkin, bu haqida Fransiya va Italiyada gapirilmoqda. Bunday sharoitda Turkiya o‘zini xotirjam his qilishi kerak. YeI – bu yagona yo‘l deyish noto‘g‘ri bo‘ladi. Turkiya nega ShHTga  a’zo bo‘lmasligi kerak? Men bu haqida Putin va Nazarboyev bilan gaplashganman. Turkiyaning ShHTga a’zo bo‘lishi — bizga yanada kengroq imkoniyatlar yaratadi”, — dedi Erdo‘g‘on jurnalistlarga. 

Eslatib o‘tamiz, geografik jihatdan Yevropa qit’asi hududida joylashgan Turkiya bir necha yillardan beri YeIga a’zo bo‘lishga astoyidil harakat qilib kelayotgan edi. YeI rahbariyati bo‘lsa, Turkiya oldiga goh u goh bu talablarni qo‘yib,

Manchester shahri ko‘rinishi - Sputnik O‘zbekiston
Britaniya 2017-martida YeIdan chiqish jarayonini boshlaydi
Turkiyaning Ittifoq a’zoligiga qabul qilmayotgan edi. Lekin, oxirgi vaqtlarda YeI hududida sodir bo‘layotgan terrorchilik, qochqinlar soni,  Gretsiyaning bankrot bo‘lishi kabi muammolar Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish — orzu qiladigan ish emasligini ko‘rsatmoqda. 

Undan tashqari jamiyatda Yevropa Ittifoqi mamlakatga salbiy ta’sir ko‘rsatadi deb hisoblaydiganlar soni ham oshib bormoqda. Masalan sentabrda Buyuk Britaniya hududida bo‘lib o‘tgan umumxalq referendumida aholining katta qismi Yevropa Ittifoqidan ajralish — Brexit tarafdori bo‘lib chiqdi. Shundan keyin Fransiya va Italiyada ham Brexit haqida ko‘rpoq gapirila boshlandi.

Yangiliklar lentasi
0