TOShKENT, 23 noya – Sputnik. O‘zbekiston prezidentligiga saylovlar uyushqoqlik bilan va oshkora bormoqda, deb xabar berdi RIA Novosti MDH kuzatuvchilar missiyasi shtabi a’zosi Yevgeniy Kozakka asoslanib.
"Barcha o‘rnatilgan meyor va standartlarga rioya qilingan holda saylovlarga tayyorgarlik ko‘rilmoqda, saylov uchastkalari zarur texnika bilan ta’minlangan. Barcha jarayonlar qonunga muvofiq, oshkoralik va tenglik asosida o‘tmoqda", — dedi Kozak mamlakat viloyatlaridagi saylov uchastkalariga tashrif natijalariga ko‘ra.
MDH kuzatuvchilar missiyasi vakili shuningdek, MSK, okrug va uchastka saylov komissiyalari ishini yuqori baholadi.
"Saylov uchastkalarida ochilgan onalar va bolalar xonalari, tibbiyot xonalarini alohida e’tirof etish joiz", — deya ta’kidladi kuzatuvchi.
MDH kuzatuvchilar missiyasi 17-noyabrdan boshlab O‘zbekiston rahbarini saylash jarayonlarini monitoring qilishga kirishdi. Missiya tarkibida kamida 70 nafar kuzatuvchi qatnashishi kutilmoqda, ayni paytda 30ga yaqin kuzatuvchi akkreditatsiya qilingan. Missiya shuningdek, IIV, Oliy sud, Bosh prokuraturada hamda prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi shtablari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan. Saylov kuni MDH kuzatuvchilari O‘zbekistonning barcha viloyatlarida ish olib borishadi.
Prezidentlik saylovlari 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Mamlakatda rasman faoliyat ko‘rsatayotgan barcha to‘rt partiya tomonidan ilgari surilgan nomzodlar ro‘yxatga olingan.