Turkiya O‘zbekiston bilan vizasiz bordi-keldi o‘rnatish tarafdori

© AFP / ADEM ALTANTurkiya MID rahbari Mevlyut Chavushoglu
Turkiya MID rahbari Mevlyut Chavushoglu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston turk fuqarolari uchun vizani bekor qilishiga umid bildiramiz. Turkiya Tashqi ishlar mahkamasi rahbari Mevlyut Chavushoglu O‘zbekistonga uyushtirgan safari yakuni bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot-anjumanida xuddi shunday deya ta’kidladi

TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Turkiya O‘zbekiston bilan ikki tomonlama vizasiz bordi-keldi munosabatlarini o‘rnatish tarafdori, deb xabar qilmoqda Novosti Uzbekistana nashri.

Turkiya prezidenti O‘zbekistonga tashrif buyurdi - Sputnik O‘zbekiston
Erdo‘g‘on Mirziyoyevga saylovlarda omad tiladi
Turkiya TIV rahbari Mevlyut Chavushogluning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya O‘zbekiston fuqarolariga viza tartibini bekor qilganidan so‘ng, rasmiy Anqara O‘zbekiston tomondan ham xuddi shunday javobni kutib qoladi. "Eslatib o‘tamiz, Turkiya 2007-yilda O‘zbekiston bilan viza tartibini bekor qilgan. O‘zbekiston fuqarolari Turkiyada viza rasmiylashtirmasdan 30 kun davomida bo‘la oladilar", — deyiladi xabarda.

Turkiya tomonning ta’kidiga ko‘ra, ikkiyoqlama vizasiz tartib ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning bir nechta yo‘nalishlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ulardan biri — turizmni rivojlantirish sohasidir.

Turkiya prezidentining O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida Turkiyaning yetakchi turistik kompaniyalarini jalb etgan holda O‘zbekistonda sayyohlik infratuzilmasini yanada rivojlantirish, Samarqand, Buxoro, Xorazm va Toshkent viloyatlarida xalqaro talablarga mos zamonaviy sayyohlik majmualari barpo etish masalalari muhokama qilingan edi.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya TIV rahbari Mevlyut Chavushoglu 17-18 noyabr kunlari Turkiya prezidenti boshchiligidagi rasmiy degatsiya tarkibida O‘zbekistonda bo‘lgan edi.

Yangiliklar lentasi
0