OAV: Rossiyalik amaldorlar internetdagi akkauntlari haqida axborot berib borishadi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tish"Feysbuk"
Feysbuk - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu yangi qoidalar rossiyalik mansabdorlar kasbiy ahloq normalariga rioya etishlari uchun joriy qilinmoqda

TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Rossiyalik mansabdorlar ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari, bloglari va forumlardagi ishtiroki yuzasidan ish beruvchiga axborot berishga majbur etiladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin. - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyalik amaldorlar Vladimir Putinga pora olmaslik haqida qasamod qiladigan bo‘ldi
Nashr xabariga ko‘ra, davlat xizmatchilari 2017-yilning 1-aprelida ilk axborotniberadilar. Shu maqsadda, Rossiya Mehnat vazirligi ayni vaqtda maxsus anketani ishlab chiqarmoqda.

Mabodo, amaldor zarur ma’lumotni taqdim etmasa, yoxud bu qoidaga rioya etishdan bosh tortadigan bo‘lsa, u ishdan haydalishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, ushbu yangi qoidalar rossiyalik mansabdorlar — kasbiy ahloq normalariga rioya etishlari uchun joriy qilinmoqda.

Mansabdorlar tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlar ochiq havola qilinmaydi, deb aniqlik kiritgan nashr.

Yangiliklar lentasi
0