Rossiyalik amaldorlar Vladimir Putinga pora olmaslik haqida qasamod qiladigan bo‘ldi

Video Player is loading.
Hozirgi vaqt 0:00
/
Duration 0:00
Yuklash: 0%
Progress: 0%
Oqim turi LIVE
Qolgan vaqt -0:00
 
1x
SD
Mi ne voyevali, ne okkupirovali – Putin o Krime v intervyu nemeskomu Bild
1:41
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Kreml ma’muriyatiga amaldorlar uchun qasamod kiritilishi masalasini bir oy ichida ko‘rib chiqishni topshirdi. Qasamodni buzgan amaldorlarga nisbatan intizomiy jazo qo‘llanilishi taxmin qilinmoqda.

TOShKENT, 20 fev — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin, o‘z ma’muriyatiga, poraxo‘rlikka qarshi kurash doirasida davlat xizmatchilari uchun qasamod kiritilishi masalasini aprel oyigacha hal qilishni topshirdi, deb xabar qiladi RIA Novosti.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin. - Sputnik O‘zbekiston
Vladimir Putin poraxo‘rlar mol-mulkini tortib olishni boshladi

Prezident matbuot-kotibi Dmitriy Peskov, jurnalistlar bilan muloqotda, amaldorlar uchun qasamod masalasi, 26-yanvar kuni o‘tkazilgan poraxo‘rlikka qarshi kurash komissiyasi yig‘ilishi yakunida Vladimir Putin tomonidan imzolangan topshiriqlarning bir bandi ekanini aytdi.

Qonunga kiritiladigan o‘zgartirishlarga muvofiq, qasamodni buzgan amaldorlarga nisbatan intizomiy jazo qo‘llanilishi taxmin qilinmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0