Peskov: Rossiya NATOdan himoyalanish uchun barcha choralarni ko‘radi

© Sputnik / Sergey MelkonovAQShning Rigadagi harbiy texnikasi
AQShning Rigadagi harbiy texnikasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kaliningradda "Iskander" raketa majmualari joylashtiriladi hamda G‘arbiy va Janubiy harbiy okruglarda yangi tuzilmalar shakllantiriladi

TOShKENT, 22 noya — Sputnik. Moskva NATO kabi agressiv blokning ta’sir doirasiga javoban o‘z hududida barcha choralarni ko‘rishga haqli, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

"NATOning Rossiya chegaralari tomon kengayishidan himoyalanish maqsadida barcha zarur choralar ko‘riladi. NATO haqiqatan ham agressiv blok hisoblanadi, shuning uchun Rossiya bunga qarshi barcha zarur choralarni ko‘radi. Mazkur holatda Rossiya albatta butun Rossiya Federatsiyasi hududida zarur choralarni ko‘rish uchun barcha suveren huquqlarga ega", — dedi Peskov.

Rossiya prezidenti V. Putin va Finlyandiya rahbari S. Niinistyo - Sputnik O‘zbekiston
Putin: NATO so‘nggi fin askari qolguncha, Rossiya bilan jang qilardi, ehtimol

U Kaliningradda yangi raketa majmualari joylashtirilishi NATOning Sharqiy Yevropadagi kengayishiga javoban amalga oshirilayotganligi haqidagi G‘arb OAVlaridagi maqolalarga izoh berdi. Peskov raketa tizimlari Kaliningradga joylashtirilganligi yoki doimiy asosda joylashtirilishi haqidagi savollarga aniqlik kiritmadi.

Ilgariroq federatsiya kengashining mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi raisi Viktor Ozerov RIA Novostiga Yevropada AQSh raketaga qarshi mudofaa tizimining joylashtirilishiga javoban Rossiya g‘arbiy yo‘nalishda havo-kosmik mudofaa tizimini kuchaytirishini, tegishli obyektlar va boshqaruv punktlarini himoya qilish uchun qo‘shimcha kuch va vositalar ishga solinishini bildirgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kaliningradda "Iskander" raketa majmualari joylashtiriladi hamda G‘arbiy va Janubiy harbiy okruglarda yangi tuzilmalar shakllantiriladi.

Yangiliklar lentasi
0