Putin: NATO so‘nggi fin askari qolguncha, Rossiya bilan jang qilardi, ehtimol

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishRossiya prezidenti V. Putin va Finlyandiya rahbari S. Niinistyo
Rossiya prezidenti V. Putin va Finlyandiya rahbari S. Niinistyo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Rossiya Finlyandiya bilan urush olib borishni xohlamaydi, ammo alyans, so‘nggi fin askari qolguncha, jon deb Rossiya bilan jang qilgan bo‘lardi, ehtimol", - deb ta’kidladi RF prezidenti Vladimir Putin.

TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin NATO so‘nggi fin askari qolgunga qadar, jon deb Rossiya bilan jang qilgan bo‘lardi, ehtimol, deya ta’kidladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

"Fin do‘stlarimizdan biri tomonidan aytilgan jumlani o‘zgartirgan holda, aytmoqchiman-ki, NATO, ehtimol, Rossiya bilan so‘nggi fin askari qolgunga qadar, bajonidil jang qilgan bo‘lardi. Sizlarga shu kerakmi? Bizga — kerakmas. Biz buni istamaymiz. Sizlar esa, o‘zingizga nima kerakliginimustaqil hal qilarsiz", — dedi Rossiya prezidenti Finlyandiya prezidenti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan matbuot-anjumanida.

Ushbu so‘zlardan keyin Finlyandiya rahbari Sauli Niinistyo Rossiya prezidentiga Boltiqbo‘yi mamlakatlari Rossiya qarshisida qo‘rquv his qilishini aytgan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Putin NATO o‘z kuchlarini nima uchun Yevropa sharqida jamlayotganini aytdi
"Barchamizga ma’lum-ki, Boltiqbo‘yi mamlakatlari, shu jumladan boshqa mamlakatlar ham Rossiya qarshisida ma’lum ma’noda qo‘rquv his qiladilar. Ular Rossiyadan qo‘rqadilar", — deb ta’kidlagan Niinistyo.

Vladimir Putin o‘z navbatida, Moskva NATOning Polshada raketa mudofaasiga qarshi raketalar tizimini joylashtirayotgani hamda Rossiya chegarasida o‘z kuchlari sonini ko‘paytirayotganiga qarshi munosib tarzda reaksiya bildirishini ma’lum qilgan.

Yangiliklar lentasi
0