"Euronews" Xiva qo‘g‘irchoqlari haqida ko‘rsatuv tayyorladi

Obuna bo‘lish
Xivada maxsus qo‘g‘irchoq teatri bo‘lib, mazkur teatr ko‘plab milliy va xalqaro festivallarda ishtirok etib kelmoqda

TOShKENT, 22 noya – Sputnik. Shu haftada “Euronews” telekanali orqali “O‘zbekistondan maktublar” turkum dasturida Xiva shahri haqidagi ko‘rsatuv namoyish etildi. Ko‘rsatuvda Xivaning madaniyat va an’analari, yodgorliklari va bejirim qo‘g‘irchoqlariga alohida e’tibor qaratildi. Bu haqda “Euronews” telekanalining rasmiy sayti xabar bermoqda.

Muxbir Sheymus Kernining aytishicha, "Xivaga kelgan har qanday kishi bu qadimiy shaharning qadim ajdodlardan meros bo‘lib kelayotgan an’analari asosida yaratilgan hamda teatr tomoshalari orqali shahar hayotiga bezak berib kelayotgan qo‘g‘irchoqlarga bo‘lgan muhabbatini sezishi qiyin emas".

Euronews Siyob bozori haqida ko‘rsatuv namoyish qiladi

Xivada maxsus qo‘g‘irchoq teatri bo‘lib, mazkur teatr ko‘plab milliy va xalqaro festivallarda ishtirok etib kelmoqda.

Bunday tomoshalar mahalliy urf-odat va an’analarni yosh avlodga yetkazishda yordam beradi.
"Xorazmda qo‘g‘irchoq teatri paydo bo‘lishi 2 ming yildan ortiq tarixga ega va zardushtiylik davriga borib taqaladi. Teatrlashtirilgan qo‘g‘irchoq spektakllari nafaqat insonlarga xush kayfiyat baxsh etgan, balki diniy mazmunga ham ega bo‘lgan", deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0