TOShKENT, 22 noya — Sputnik. “O‘zbekisto n Havo yo‘llari” yangi yildan boshlab Nyu-York — Toshkent parvozlarini to‘xtovsiz amalga oshira boshlaydi, deb xabar qildi MAK vakili.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnov mart oxirida kuchga kiradigan bahorgi jadvalga kiritiladi.
Ayni damda “O‘zbekiston Havo yo‘llari” parvozlari Latviya poytaxti Riga orqali amalga oshirilmoqda. Rigada samolyotlarga yonilg‘i quyilib ular parvozini davom ettiradi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri parvoz esa 4-5 soat tezroq yetib borish imkonini beradi.
MAK yangi Boeing 787-8 Dreamliner samolyotlari sotib olganini xabar bergan edik. Ushbu samolyotlar zamonaviy tejamkor dvigatellar bilan jihozlangani tufayli ular Nyu-York kabi uzoq masofalarga to‘xtovsiz parvoz amalga oshirish mumkin.
“To‘g‘ridan-to‘g‘ri parvoz amalga oshirish uchun AQSh O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan har bir yo‘lovchini haqida ma’lumotlarni oldindan AQSh tomoniga yuborilishi kerak. Bu amerika xavfsizlik tizimining talablaridan biri”, — dedi suhbatdosh.
Samolyot tejamkorligi tufayli AQShgacha bo‘lgan chiptalar narxi ham arzonlashishi mumkin. Undan tashqari yangi Boeing samolyotlari uchayotgan yo‘nalishlar sekin-asta kengaytirib boriladi. Deli, Dubay, Tel-Aviv, Olma-Ota, Moskva, Pekin, Istambul istiqbolli yo‘nalishlar bo‘lishi mumkin.