Ivanka Tramp - Amerikaning bo‘lg‘usi "birinchi xonimi"

© AFP / MANDEL NGANIvanka Tramp
Ivanka Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp 70 yoshga kelib, nafaqat omadli biznes va ko‘p milliardlik korporatsiya, balki kattagina oilani barpo qilishga ham muvaffaq bo‘lgan. Va, shubhasiz, bu oilaning faxri - go‘zal va betakror Ivankadir

TOShKENT, 11 noya — Sputnik. Ivanka Tramp — zamonaviy Amerika ayoliga yorqin misol bo‘la oladi, deb yozgan RIA Novosti axborot agentligi.

Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Barcha amerikaliklar uchun prezident bo‘lishga va’da beraman - Tramp
"35 yoshga to‘lgan Ivanka, nafaqat baxtli oila bekasi, balki 3 nafar farzandning onasi, omadi chopgan biznes-ledi, saxiy filantrop va shuhratga sazovor yozuvchidir. Uning ismi butun dunyoga mashhur, moda va biznes olami haqida yorituvchi jurnallar u haqda maqtab yozishadi. Qolaversa, OAVlar tomonidan "oltin qizaloq" qancha sarflagani emas, balki Ivanka Trump Organization kompaniyasiga qancha daromad keltirganini muhokama qiladilar. Trampning o‘z qiziga ishonchi ham cheksiz, u eng muhim shartnomalarni imzolashni aynan qiziga ishonib topshiradi", — deb yozadi nashr.

OAV va siyosatshunoslar uni "Tramp yulduzi" deya atashadi. Aynan Ivanka tufayli Tramp saylovlarda g‘olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi, deb yozmoqda nashrlar. Gap shundaki, Ivanka bor kuch-g‘ayratini ishga solib, otasini qo‘llab-quvvatlab turdi, prezidentlik saylovi kampaniyasida faol qatnashib, ikkilanayotgan saylovchilarni otasi uchun ovoz berishga da’vat qilgan. Shu bois ham, yaqin to‘rt yil ichida Trampning rafiqasi Melanya emas, balki milliarderning qizi Ivanka  AQShning "birinchi xonimi" bo‘lishi ham mumkin, deya xotima qiladi nashr.

Yangiliklar lentasi
0