TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Rossiya hukumati Vladimir Putinga O‘zbekiston bilan harbiy-texnik hamkorlik haqidgi shartnomani imzolashni taklif qilishi mumkin, deb xabar qilmoqda hukumat rasmiy portali.
“Rossiya Federatsiyasi prezidentiga ushbu shartnomani imzolash taklif qilinsin”, - deb yozilgan shartnoma loyihasida.
Shartnoma matni federal normativ hujjatlar portalida e’lon qilingan. Ushbu shartnoma loyihasi Rossiya hukumati, Tashqi ishlar vazirligi va boshqa aloqador federal organlar hamda O‘zbekiston mutasaddi vakillari tomonidan tasdiqlangan.