TOShKENT, 22 noya — Sputnik. Putin Saakashvilining gubernatorligini Odessa xalqi uchun haqorat, deb atadi, deya xabar qilmoqda RIA Novosti.
"Bu odessitlar va butun boshli Ukraina xalqiga qarata tupurish edi. Unga, hatto, Amerikaga ishchi viza berishmadi. Universitetlar Saakashviliga doimiy ish berishdan bosh tortdi. Bularga qaramay, u Odessa gubernatori vazifasini bajarishi mumkin ekan-da? Nima, professional, vijdonli va bu singari vazifani bajara oladigan ukrainlar yo‘qmi?", — deya ta’kidladi Putin Saakashvilining tayinloviga izoh berar ekan, "Ukraina olov ichida" filmini suratga olayotgan rejissor Oliver Stounga.
Eslatib o‘tamiz, 2015-yilning may oyi oxirida Poroshenko Saakashvilini Odessa viloyati gubernatori etib tayinlab, Gruziya sobiq prezidentiga Ukraina fuqaroligini tortiq qilgan edi.
Oradan ko‘p o‘tmay Ukraina prezidenti Saakashvilining lavozimdan bo‘shatish haqidagi qarorga imzo chekdi. Sobiq gubernator Ukraina Radasiga muddatdan oldingi saylovlarni tashkil etib, mamlakatda o‘z siyosiy kuchini tashkil qilish niyatida ekanligini aytmoqda.