TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Sal oldin o‘zining iste’foga chiqish istagi haqida ma’lum qilgan Odessa vilogati gubernatori Mixail Saakashvilini odessitlar ma’muriyat binosi oldida shashlikbozlik qilib "kuzatmoqda", — deb xabar qilgan RIA Novosti.
"Odessitlar Saakashvilini kuzatishmoqda… Odessa viloyati davlat ma’muriyati binosi qarshisida shahar aholisi gubernator Mixail Saakashvili iste’fosi uchun imzo to‘plashapti. Odessitlar voqea joyida kaboblar bilan siylanmoqda", — deb xabar qilgan nashr.
Eslatib o‘tamiz, Saakashvili Odessa viloyati gubernatorligi lavozimini 2015-yilning 30-may sanasida egallagan edi. Uni ushbu lavozimga tayinlash tashabbusi Poroshenkodan chiqqan. Ukraina prezidenti o‘z qarorini e’lon qilar ekan, Saakashvilidan umidi katta ekanligini, shuningdek, u regionda korrupsiyaga qarshi kurashda katta ishlarni amalga oshirishiga ishonch bildirishini ma’lum qilgan edi.