O‘zbekistonda yana to‘rt erkin iqtisodiy zona tashkil qilinadi

© Sputnik / Aleksey Nasirov / Mediabankka o‘tishShisha tola ishlab chiqaruvchi korxona
Shisha tola ishlab chiqaruvchi korxona - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vazirlar Mahkamasining yangi qaroriga ko‘ra, "Urgut", "Qo‘qon", "G‘ijduvon" va "Xazorasp" erkin savdo zonalari tashkil qilinadi

TOShKENT, 22 noya — Sputnik. O‘zbekiston Vazirlar mahkamasi qabul qilgan yangi qarorga ko‘ra, Samarqand viloyatining Urgut tumanida, Buxoroning G‘ijduvon tumanida, Farg‘onaning Qo‘qon tumanida va Xorazmning Hazorasp tumanida yangi Erkin Iqtisodiy zonalar tashkil qilinadi. Qaror Davlat Yagona xizmatlar portalida joylashtirilgan.

Erkin Iqtisodiy Zonalar tashkil qilishdan asosiy maqsad — chet el va mahalliy sarmoyadorlar faolitati uchun qulay sharoitlar yaratishdir.

Ushbu sarmoyalar yordamida, yangi EIZlarda  qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashga, saqlash va qadoqlashga ixtisoslashgan sexlar, to‘qimachilik, gilamdo‘zlik, poyabzal ishlab chiqaruvchi fabrikalar,  farmatsevtika, oziq-ovqat, qurilish materiallari va avtomobil sanoati korxonalari tashkil qilish ko‘zda tutilgan.

Jizzax maxsus industrial zonasi. - Sputnik O‘zbekiston
“Jizzax” maxsus industrial zonasida uchta yangi korxona ochildi

Erkin savdo zonalari amal  qilish muddati 30-yilni tashkil qiladi va ushbu muddat yana uzaytirilishi mumkin.Ushbu davr mobaynida EIZlarda alohida imtiyozli soliq va bojxona tizimi amal qiladi. EIZlarda faoliyat yuritayotgan korxonalar yer solig‘i, mol-mulk solig‘i va boshqa davlat soliqlaridan ozod qilinadi. EIZlar hududida alohida bojxona postlari va logistika martkazlari ham tashkil qilinishi ko‘zda tutilgan.

To‘rt viloyat hokimligi bir oy muddat ichida yangi EIZlar uchun kerakli yer maydoni ajratishi kerak. Shuningdek Tashqi Iqtisodiy Aloqalar, Moliya, Soliq vazirliklari hamda Bojxona qo‘mitasi bir oy muddatda EIZlarda amal qiladigan maxsus imtiyozli tartibni ishlab chiqishlari kerak.

Bugungi kunda O‘zbekistonda "Navoy", "Angren" va "Jizzax" EIZlari faoliyat yuritmoqda.

Yangiliklar lentasi
0