“Jizzax” maxsus industrial zonasida uchta yangi korxona ochildi

© Uztelecom"Jizzax" maxsus industrial zonasi.
Jizzax maxsus industrial zonasi. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Endilikda ilgari telekommunikatsiya infratizimida xorijdan sotib olingan qurilmalar O‘zbekistonda ishlab chiqariladi.

TOShKENT, 26 avg — Sputnik. “Jizzax” maxsus industrial zonasida Milliy telekommunikatsiyalar operatori "O‘zbektelekom" AK va Xitoy Xalq Respublikasi investorlari ishtirokida uchta ishlab chiqarish qo‘shma korxonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi "O‘zbektelekom".

Ma’lumotga ko‘ra, Broadband Solutions QK, ZTT Telekom QK va Smart Vision QK XXR raisi Si Szinpinning 2013-yil 8-sentabrda O‘zbekistonga tashrifi chog‘idagi kelishuvlarga asosan tashkil etilgan.

Endilikda O‘zbekistonda ilgari telekommunikatsiya infratizimida xorijdan sotib olingan qurilmalarning ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yiladi.

Eslatib o‘tamiz, Huawei Technologies kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan Broadband Solutions qo‘shma korxonasida eng zamonaviy telekommunikatsiya uskunalari (xPON optik tarmog‘i qurilishi uchun faol elementlar, OLT (stansiya qurilmasi) va ONT (abonent terminali) ishlab chiqariladi.

ZTT kompaniyasi bilan hamkorlikdagi ZTT Telekom qo‘shma korxonasi optik tarmoqlar qurish uchun passiv elementlar: optik tolali kabel montaj materiallari tayyorlaydi.

ZTE  bilan hamkorlikda tashkil qilingan Smart Vision kompaniyasi esa  xPON tarmog‘i foydalanuvchilari uchun IP-telefonlar va videotelefonlar ishlab chiqaradi.

Yangiliklar lentasi
0