TOShKENT, 22 noya — Sputnik. Issiq-Ko‘l viloyatida jinsiy tajovuzda gumonlanib, uyushgan jinoiy guruh a’zosi qo‘lga olindi, deb xabar qilmoqda region IIB matbuot-xizmati. Sputnik Qirg‘iziston xabari asosida.
Xabarga ko‘ra, 20-noyabr kuni Issiq-Ko‘l viloyati Oq-suv tumani Ichki ishlar boshqarmasiga 26 yashar yosh ayol murojaat qilib, o‘tgan tunda bir tanish erkak uni o‘z mashinasida zo‘rlagani haqida xabar qilgan. Hodisa Teploklyuchenka qishlog‘ida ro‘y bergan. Militsiya ushbu hodisa yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atgan va jabrlanuvchini sudmedekspertizaga yo‘naltirgan.
"Olib borilgan "Ekstremist" operatsiyasi davomida ushbu jinoyatni sodir etganlikda gumonlanib Oq-suv tumanida istiqomat qiluvchi 36 yashar N.O ismli shaxs qo‘lga olindi. U uyushgan jinoiy guruh a’zosi sifatida militsiya ro‘yxatida turadi va muqaddam odam o‘g‘irlash, narkotik moddalar savdosi ayblovi bilan bir necha marotaba sudlangan", — deyiladi xabar matnida.
Qo‘lga olish operatsiyasi tuman IIB xodimlari tomonidan amalga oshirilgan. Gumondor vaqtincha qamoqqa olingan. Tergov ishlari olib borilmoqda.