TOShKENT, 22 noya – Sputnik. Asakadagi avtomobil zavodida MDH bozori uchun mo‘ljallangan "Ravon R4" avtomobillarini seriyali ishlab chiqarishga kirishildi. Bu haqda "GM Uzbekistan" aksiyadorlik jamiyati saytida ma’lum qilindi.
"GM Uzbekistan" AJ tasdiqlangan rejaga muvofiq "Ravon" brendi ostida ishlab chiqarilayotgan avtomobillar model qatorini kengaytirishda davom etmoqda.
"Ravon R4" avtomobillarining dastlabki turkumi Rossiya Federatsiyasiga yuborildi.
Yaqin kunlarda korxona tomonidan "Ravon R4" avtomobillari MDHning boshqa davlatlariga ham yuborilishi rejalashtirilgan.
"Ravon R4" modeliga tejamkor 1,5 litrli B-DOHC dvigateli va yangi avlod avtomatik transmissiyasi o‘rnatilgan. Model "MP3", "USB", "AUX", "Bluetooth" funksiyali audiotizim, rul gidrokuchaytirgichi, xavfsizlik yostiqchalari, kuchaytirilgan orqa o‘rindiqlar hamda ISOFIX bolalar o‘rindiqlarini mustahkamlash tizimi bilan ta’minlangan.