TOShKENT, 17 noya — Sputnik. Rossiyada avtomatik transmissiyaga ega bo‘lgan eng arzon Ravon avtomobilining narxi oshdi.
Agar ilgari ixcham Ravon R2 xetchbekining narxi 409 ming rubldan boshlangan bo‘lsa, endilikda uni sotib olish uchun 469 ming rubl to‘lash kerak bo‘ladi. Bunda 2016-yilning oxiriga qadar avtomobilni 30 ming rubllik chegirma bilan sotib olish mumkin bo‘ladi. Bu haqda "Ekonomika segodnya" yozmoqda.
Ravon R2 Rossiya bozorini tark etgan Chevrolet Sparkning yangilangan modelidir. Mashina Rossiyada 1,2 litr hajmli dvigatel va to‘rt bosqichli "avtomat" qutisi bilan sotiladi.
O‘zbekiston avtokompaniyasi Rossiya bozoridagi mahsulotlari narxini joriy yilda ilgari ham oshirgan edi.