Moskvada konsullik ro‘yxatida turish qanday imkoniyatlar beradi?

© SputnikMoskvadagi O‘zbekiston elchixonasida talabalar bilan uchrashuv
Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasida talabalar bilan uchrashuv - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskvadagai O‘zbekiston elchixonasida MGIMO, Plexanova va Baumanskiy va Moskvaning boshqa OTMlarda ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Uchrashuvda elchixona xodimlari talabalar uchun konsullik ro‘yxatidan o‘tish qanday imkoniyatlar berishi va Rossiya migratsiya qonunlarining muhim jihatlari haqida so‘zlab berishdi.

O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, Moskvada o‘qiyotgan talabalar konsullik ro‘yxatidan o‘tishlari kerak. Ro‘yxatidan  o‘tish jarayoni mushkul emas, buning uchun, to‘ldirilgan ro‘yxatga olish kartochkasi,  pasport nusxasi, talabalik guvohnomasi nusxasi, registratsiya nusxasi va fotosuratni elchixonaning konsullik bo‘limiga topshirish kerak. Bularning  hammasi elchixona rasmiy sahifasida bor.

O‘zbekiston Elchixonasida saylovlarga oid plakat - Sputnik O‘zbekiston
Xorijdagi O‘zbekiston fuqarolari muddatdan oldingi saylovlarda ishtirok etolmaydi

Konsullik ro‘yxatida  turgan talabalar pasporti yo‘qolganda, elchixonaning o‘zidan pasport olish imkoniyati bor. Undan tashqari, konsullik ro‘yxatida turganlar kerak bo‘lganda xorichjga chiqish stikeri ham Moskvadagi elchixonaning o‘zida rasmiylashtirish imkoniyati bor. Faqat buning uchun 2-3 oy vaqt kerak bo‘ladi va ushbu vaqt mobaynida talaba pasporti elchixonada qoldirilishi kerak. Uning o‘rniga vaqtincha amal qiluvchi hujjat beriladi.

Konsullik ro‘yxati — faqat 1-yil amal qiladi. Bir yildan keyin talaba avtomatik ravishda ro‘yxatdan chiqariladi. Konsullik hisobiga turish — bepul.

© SputnikMoskvadagi O‘zbekiston elchixonasida talabalar bilan uchrashuv
Uzbekskie studenti v posolstve RUz v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasida talabalar bilan uchrashuv
Uchrashuvda yoritib o‘tilgan ikkinchi masala, Rossiyada o‘qiydigan o‘zbekistonlik talabalar ko‘pincha duch keladigan muammolar bo‘ldi. Bu borada elchixona xodimlari o‘zlarining boy tajribasiga asosan talabalar eng ko‘p duch keladigan muammolarga, jumladan qanday hollarda Rossiyaga kirishi ta’qiqlanishi mumkinligi haqida aytib o‘tishdi.

Elchixona xodimlarining so‘zlariga qaraganda, eng ko‘p uchraydigan holat o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tmaslik va buning oqibatida "Rosiyaga kirishga ta’qiq" qo‘yilishi.

Ikkinchidan, chegarani kesib o‘tayotganda, talabalar migratsion kartasida maqsad — "o‘qish", deb ko‘rsatilgan bo‘lishi shart. Bundan boshqa maqsad ko‘rsatilgan hollarda katta muammolar kelib chiqshi aniq.

Uchinchidan, 3 oylik registratsiya muddati tugaganidan keyin, OTM tomonidan registratsiya muddati uzytirilishi kerak. Bu amalga oshirish unutilgan hollarda, migratsiya qonunchiligi qo‘pol ravishda buzilgan hisoblanadi;  

To‘rtinchidan, ro‘yxatdan o‘tgan muddati tugaganidan keyin Rossiya hududini tark etmaslik;

Beshinchidan, registratsiya muddati tugamasdan turib Rossiyadan chiqsa va yana qaytib kelsa, yangitdan ro‘yxatdan o‘tishi kerak, chunki Rossiya chegarasini kesib o‘tishi bilanoq avtomatik ravishda registratsiyasi bekor qilinadi;   

Oltinchidan, Rossiyaning boshqa shaharlariga borib, mehmonxonada yashagan vaqtda, mehmonxonalar Rossiyaga yaqinda kelgan turist sifatida boshqatdan registratsiya qiladi. Bunday holda ham avvalgi registratsiya avtomatik ravishda annulyatsiya qilinishi mumkin;

Va nihoyat, Rossiya hududa yashab turib, turli kichik va katta ma’muriy qoidabuzarliklar amalga oshirish: masalan, telefon qarzini to‘lamaslik, ko‘chani belgilanmagan joyida kesib o‘tish va ho kazolar;

Eslatib o‘tamiz, Rossiya   qonunchiligiga ko‘ra, uch yil davomida ikki yoki undan ortiq marta ma’muriy qoidabuzarlik amalga oshirgan chet el fuqarosiga uch yigacha Rossiya hududiga kirishga ta’qiq qo‘yilishi mumkin.

© SputnikMoskvadagi O‘zbekiston elchixonasida talabalar bilan uchrashuv
Uzbekskie studenti v posolstve RUz v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasida talabalar bilan uchrashuv
Uchrashuvda Konsullik xizmati xodimlari talabalardan barcha ma’ulmotlarni o‘zlarining o‘zbekistonlik kursdoshlariga ham yetkizishlarini so‘rashdi va Moskvadagi  O‘zbekiston elchixonasi har qanday hollarda O‘zbekiston fuqarolari huquqlarini himoya qilshga tayor ekanligini yana bir bor eslatishdi.

Barcha kerakli blank va kartochkalar, ma’lumotlarni elchixona rasmiy sahifasidan topishingiz mumkin. Undan tashqari konsullik ro‘yxatidan o‘tish masalalari bo‘yicha quyidagi telefonlar orqali murojaat qilishingiz mumkin: +7499-2300440 — Mamatqulov Damir Erkinovich.

Yangiliklar lentasi
0