Kurganda uch kishining o‘limida ayblanayotgan o‘zbekistonlik qo‘lga oldindi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishJinoyatda gumon qilinayotgan shaxs
Jinoyatda gumon qilinayotgan shaxs - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
To‘rt kun oldin Kurgan shahrining nufuzli posolkalaridan birida uch kishidan iborat oila o‘ldirib ketilgan edi. Ushbu jinoyatda uyda turli ta’mirlash ishlarini bajarib yurgan O‘zbekiston fuqarosi gumon qilinmoqda.

TOShKENT, 19 noya — Sputnik. Kurgan shahrining Yevropeyskiy mikrorayonida  joylashgan Lukino qishlog‘ida uch kishining o‘limida ayblanayotgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi.  

Kurgan viloyati Tergov qo‘mitasi jinoyatchining ismi familiyasini e’lon qilmasdan uning 1991-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi ekanligini xabar qildi. Qo‘mita xabariga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxs allaqachon jinoyatni bo‘yniga olgan.

Hibsxona - Sputnik O‘zbekiston
Besh kishining o‘limida ayblanayotgan o‘zbekistonlikka umrbod qamoq jazosi berilishi mumkin

Ushbu mudhish jinoyat 16-noyabr tunda sodir bo‘lgan. Kurgan shahrining Yevropeyskiy mikrorayonida  joylashgan Lukino qishlog‘idagi uylardan birida oila boshlig‘i Oleg Yevseyev, uning rafiqasi va talaba qizining jasadlari topilgan. Ularning hammasi otib o‘ldirilgan edi.

Olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida ushbu oilaning tanishi va uyda turli ta’mirlash ishlarini  bajarib yuruvgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingan.

Mahalliy OAVlar, ushbu jinoyat bajarilgan ish haqini to‘lamagani tufayli, uy egasidan olingan qasos bo‘lgan, deb xabar qilishmoqda politsiya vakillarining so‘zlariga asosan.

Yangiliklar lentasi
0