TOShKENT, 19 noya — Sputnik. Tula shahrida 5 kishini o‘ldirganlikda ayblangan o‘zbekistonlik fuqaro umrbod ozodlikdan mahrum etildi, deb xayuar qilmoqda RIA Novosti
O‘ttiz yoshli O‘zbekiston fuqarosi Sirojiddin Sheraliyev ustidan sud 8-iyunda boshlangan, 24-iyunda esa prokuratura Sheraliyevga nisbatan statsionar majmuaviy ruhiy-pisixiatrik ekspertiza o‘tkazilishi to‘g‘risida iltimos bildirgan. Tekshiruv sudlanuvchini aqli raso deb topgan.
"Sud Sheraliyevga umrbod qamoq jazosi hukmini chiqardi. U jazoni qattiq tartibdagi axloq-tuzatish koloniyasida o‘taydi. Bundan tashqari, jabrlanuvchi foydasiga ma’naviy zararni qoplash maqsadida Sheraliyevdan 3,5 mln rubl undirib berilgan", — deyildi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 2015-yil 30-may kuni Tuladagi Kosaya Gora posolkasidagi uylardan birida ikki ayol va uch bolaning jasadlari topilgan. 10 va 11 yoshdagi qizlar va ularning 5 yoshli ukalari, bolalarning 29 yoshli onasi va 49 yoshli buvisi jinoyat qurbonlari bo‘lganlar. Halok bo‘lgan bolalarning 8 yoshli ukasi va ayollardan birining 38 yoshli xushtori shifoxonaga olib borilgan. Qotillikda gumon qilinib Rossiyada noqonuniy yashagan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingan.