Tramp qasamod tadbiriga Poroshenkoni aytmadi

© Sputnik / Mixail Palinchak / Mediabankka o‘tishUkraina prezidenti Petr Poroshenko
Ukraina prezidenti Petr Poroshenko - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tramp inauguratsiya (qasamod) tadbiriga Poroshenkoni aytmagani ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida qizg‘in muhokama qilinmoqda

TOShKENT, 19 noya — Sputnik. AQShning yangi saylangan prezidenti qasamod tadbiriga Poroshenkoni chaqirmagani internetda qizg‘in muhokama qilinmoqda, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Ukraina rahbari ustidan kulishmoqda, deb xabar beradi RIA Novosti.

Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe va AQShning 45 prezidenti Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Yaponiya Bosh vaziri: Tramp - ishonsa bo‘ladigan yetakchi
Xabarda ta’kidlanishicha, Poroshenko 2017-yilning 20-yanvarida bo‘lib o‘tadigan tadbirga taklif qilinmagan.

Ukrainaning AQShdagi elchisi Valeriy Chaliyning so‘zlariga qaraganda, AQShdagi bu kabi tadbirlarda boshqa mamlakatlar yetakchilari ishtirok etishmaydi.

"Bu singari tadbirlar odatda, elchilar darajasida bo‘lib o‘tadi", — deb qo‘shimcha qilgan Chaliy.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari esa bu borada "AQSh, ehtimol, Ukraina rahbari bilan aloqa qilishdan manfaatdor emas" deya hazil qilmoqda.

"…Segolko (Ukraina prezidenti matbuot-kotibi, tahr.) endi prezident Yevropani Rossiya tajovuzkorligidan himoya qilish masalalari bilan band, shu tufayli Yevropa ittifoqidan tashqaridagi mamlakatlarda bo‘lib o‘tadigan tadbirlarda ishtirok etishga Poroshenkoning vaqti yo‘qligi haqida bayonot berishi kerak…", — deb yozgan jurnalist Denis Goroxovskiy.

"Bu birinchi marta ro‘y berayotgani yo‘q. U kerak bo‘lsa, oshxona darchasidan ham kirib boradi!", — deya izoh qoldirgan Andrey Nemakov.

"Endi hammaga o‘zi bu taklifni rad etgani, undan rosa kelgin deb yalinishgani haqida gapiradi", — deb yozgan Facebooksahifasida Anyuta Zaxarova.

Ilgariroq Tramp va Poroshenko munosabatlarni davom ettirish, shu jumladan, yuzma-yuz uchrashish borasida kelishib olgan edilar.e

Yangiliklar lentasi
0