Yaponiya Bosh vaziri: Tramp - ishonsa bo‘ladigan yetakchi

© REUTERS / Cabinet Public Relations Office/HANDOUTYaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe va AQShning 45 prezidenti Donald Tramp
Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe va AQShning 45 prezidenti Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerikaning navbatdagi prezidenti etib saylangan Tramp - ishonsa bo‘ladigan yetakchi ekanligiga amin bo‘ldim, deb ta’kidladi Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe

TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe Donald Tramp bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng AQShning yangi saylangan prezidenti — ishonsa bo‘ladigan rahbar, ekanligini ma’lum qilgan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Abening chiqishi NHK telekompaniyasi tomonidan translyatsiya qilingan.

"AQSh va Yaponiya o‘rtasidagi harbiy Ittifoq yuzasidan Trampdan biror aniq va’da olishga muvaffaq bo‘ldingizmi?", degan savolga Abe quyidagicha javob qaytargan: "Ittifoq — ishonch bo‘lsagina ish berishi mumkin. Keyingi prezident etib saylangan Tramp — ishonsa bo‘ladigan yetakchi ekanligiga amin bo‘ldim".

Milliarder Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Tramp AQShdan nolegallarni va Xillari Klintonni deportatsiya qilishga so‘z berdi
1960 yilda Tokio va Vashington o‘zaro hamkorlik va xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risida bitim imzoladi. Yaponiya hududida AQShning bir qancha harbiy bazalari mavjud bo‘lib, ular ta’minotining ma’lum qismini Tokio to‘lab boradi.

Tramp o‘zining saylovoldi kampaniyasi davomida ittifoqchilik majburiyatlarini qayta ko‘rib chiqish tarafdori ekanligini ma’lum qilib, ta’minotning kattagina qismini Yaponiya o‘z zimmasiga olishi lozim, degan fikrda ekanligini ma’lum qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 45-AQSh prezidentining inauguratsiyasi 20-yanvarga belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0