TOShKENT, 19 noya — Sputnik. Jinoiy ishlar bo‘yicha Marg‘ilon shahar sudi transport sohasida tovlamachilik va reyderlik bilan shug‘ullangan jinoiy guruh ishi bo‘yicha qaror chiqardi, deb xabar qildi Sputnik muxbiriga huquqni muhofaza qilish organlaridagi manba.
Marg‘ilonning olti nafar yashovchisi — Hojiakbar Sobirov, Muzaffar Xolmurodov, Dilmurod Mirzajonov, Rahmatullo Ro‘ziboyev, Zulfiqor Abdulazizov va Sardor Qahhorovlardan iborat to‘da tovlamachilik yo‘li bilan tadbirkorlardan pul undirish, ularga tegishli mol-mulklarni noqonuniy yo‘l bilan o‘zlashtirish hamda noqonuniy taksichilik faoliyati bilan shug‘ullangan.
Bundan tashqari, jinoyatchilar jismoniy zo‘ravonlik qo‘llashga tahdid qilganlari sababli "Marg‘ilon Buyuk Ipak Yo‘li" rahbari 55 million so‘mlik "Lasetti" avtomobilini hamda korxonaning 25% ulushini jinoiy guruh a’zolarining biri nomiga rasmiylashtirib berishga majbur bo‘lgan.
Bundan tashqari, jinoyatchilar ulush olish evaziga Marg‘ilondagi "bombilalar"ga "homiylik" qilish bilan ham shug‘ullangan.
Jinoiy guruhning barcha a’zolariga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha ayblovlar qo‘yilgan. Jinoiy to‘daning o‘ta faol to‘rt nafar a’zosi har biri 11-yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilindi, yana ikki nafari — 2-yildan 3-yil muddatga oylik ish haqining 30 foizi miqdorida davlat daromadi hisobiga undirilib borishlik sharti bilan ahloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.