Temir yo‘l tizimida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazilmoqda

© railway.uzYong‘in xavfsizligi xodimlari
Yong‘in xavfsizligi xodimlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Joriy yilning 10-noyabridan 2017-yilning 10-yanvariga qadar respublika hududida yong‘in xavfsizligi oyligi o‘tkazilmoqda

TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Yong‘in xavfsizligi oyligining dastlabki haftasidagi tekshiruvlar natijalariga ko‘ra, temir yo‘l tizimidagi korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlariga 531ta banddan iborat tavsiyalar ma’lumotnomasi topshirildi. Bu haqda "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ saytida ma’lum qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, joriy yilning 10-noyabridan 2017-yilning 10-yanvariga qadar respublika hududida yong‘in xavfsizligi oyligi o‘tkazilmoqda.

Elektrovoz O'ZEL-0204 - Sputnik O‘zbekiston
Qarshi - Termez temir yo‘lini elektrlashtirish uchun 428 mln $ sarflanadi

Tadbirning dastlabki haftasi mobaynida temir yo‘l tizimidagi korxona, tashkilot va muassasalarning 53tasida nazorat tartibidagi tekshiruvlar hamda 3tasida rejali yong‘in profilaktika ko‘riklari o‘tkazildi hamda 531ta banddan iborat tavsiyalar ma’lumotnomasi tuzilib, obyektlar rahbarlariga topshirildi. Temir yo‘l stansiyalarida olib borilgan profilaktik tadbirlar davomida harakatdagi 12ta elektrovoz, teplovoz, 145ta yuk vagoni, 32ta yo‘lovchi poyezdlari, 254ta sisternalarning yong‘inga qarshi holati tekshirib chiqildi.

Tekshiruv natijalari haqidagi ma’lumot rahbariyatga yetkazildi. Joylarda yong‘in xavfsizligi borasida ishchi-xizmatchilar bilan tushuntirish ishlari olib borildi.

Yangiliklar lentasi
0